Falastin
Falastin milliy ma’muriyati دولة فلسطين Dawlat Filasṭīn | |
---|---|
Shior: Yoʻq | |
Madhiya: "فدائي" "Fida'i" | |
![]() | |
Poytaxt | Ramalloh, Quddus |
Eng katta shahar | G'azo |
Rasmiy til(lar) | Arabcha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Mahmoud Abbas | |
Rami Hamdallah | |
Maydon | |
• Butun |
6,020 km2 (164-oʻrin) |
• Suv (%) |
3.5 |
Aholi | |
• 2014-yilgi roʻyxat |
4,550,368 (123-oʻrin) |
• Zichlik | 6,020/km2 |
YIM (XQT) | 2008-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$11,950,000,000 (129-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$2,900 |
Pul birligi | Misr Funti, Yangi Isroil Shekel, Iordaniya dinori (EGP, ILS, JOD) |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
• Yoz (DST) |
UTC+3 |
Qisqartma | PS |
Telefon prefiksi | 970 |
Internet domeni | .ps |
Falastin – Yaqin sharqdagi arab davlati.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat — Isroil yahudiy va Falastin — arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo'ylab tarqalib ketgan yahudiylami bir joyga — Falastinga to'plashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol o'ynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion tog'i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda to'planishga da'vat etadi). Ayni paytda sionizm g'oyasi ham vujudga keldi.
1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0.5 mln ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishg'ol qilib oldilar. 1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini e'lon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti bo'lib qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil-arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlatlari armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega bo'lmagan davlatlar edi. Yahudiylar Falastin arablarini o'z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o'tishga majbur bo'ldi. Misr, Suriya, Livan, Iordan va Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur bo'ldilar. Dunyo sionistik tashkilotlari ko'rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga to'lagan 1 mlrd. $ dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH ko'rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy o'lka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. 1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida [[Isroil]xaromilar ] o'z hududidan 2 baravar katta bo'igan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo'lan tepaligini, Iordan esa Iordan daryosining g'arbiy qirg'og'ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo'liga o'tdi. G'azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo'lishi kerak bo'igan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. 1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o'tkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o'z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi. Isroil ittifoqchilari katta miqdorda yordam ko'rsatishni davom ettirdilar. 1969—1979-yillar oralig'idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd. dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham o'zlarining harbiy salohiyatiarini mustahkamlash choralarini ko'rdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi. 1973-yil 6-oktabrda yana arab-isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr-Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni og'ir ahvolga solib qo'ydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obro'si oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi. Isroilning og'ir ahvolga solib qo'yilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obro'sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. 1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o'rtasida separat Kemp-Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko'ra, Isroil o'z qo'shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo'lga qo'yishda Misrga yordam ko'rsatdi. Arab xalqi Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6-oktabrida uni o'ldirishga muvaffaq bo'ldilar. 1980—1990-yillarda arab davlatlari o'rtasida Yaqin Sharq masaiasida bo'linish yuz berdi. Boy arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordan va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yo'lini inkor eldilar. 1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar o'tkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda. 2005-yilda Yosir Arofat vafot etgach, uning o'rniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G'azo sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni ko'chirib olib chiqib ketdi.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Falastin bayrog'i BMTda alohida mamlakat timsoli sifatida hilpirab turibdi. Mahmud Abbos boshliq davlat bu organ tomonidan tan olindi.
Isroil bilan tinchlik jarayonining cho’zilganidan xafsalasi pir Falastin o’tgan yil noyabrida BMT Xavfsizlik Kengashi qo’mitasiga uni to’liq a’zo sifatida qabul qilish to’g’risida ariza topshirgan edi. Ammo ish qo’mitadan nariga o’tmadi.
Bu hafta muxtoriyat boshqa yo’ldan borishga qaror qildi. Bugun Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kuni ekan, muxtoriyat prezidenti Mahmud Abbos Bosh Assambleyada nutq so’zlab, a’zo davlatlardan assambleyada kuzatuvchi maqomiga ega Falastinni qo’llab-quvvatlashni so’radi.
So’ng uni davlat maqomiga ega bo’lmagan a’zo sifatida qabul qilish borasida ovoz berish jarayoni o’tkazildi. Assambleyadagi 193 davlatdan 138 tasi ijobiy javob berdi.
Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansurning aytishicha, hujjatga 60 davlat homiylik qildi.
Falastinning BMTdagi maqomini oshirish taklifini, asosan, rivojlanayotgan davlatlar qo’llab-quvvatladi. Yevropaning ayrim davlatlari ham hujjatni yoqladi. Ba’zilari, masalan, Britaniya betaraf, AQSh va Isroil esa qarshi ovoz berdi.
Jorj Vashington universitetida siyosatshunoslik professori Edmund Garib masalaning Falastin uchun ijobiy tomonlarini tushuntiradi.
"Falastinning xalqaro sahnadagi pozitsiyasi kuchayadi. Isroil bilan hech bir shartsiz muzokara qilish osonlashadi", - deydi tahlilchi.
Maqom oshishi bilan Falastinning BMT doirasidagi xalqaro bitimlarga va tashkilotlarga qo’shilishiga imkon yaratiladi. Masalan, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti va, eng muhimi, Xalqaro jinoiy sudga.
Agar Xalqaro jinoiy sud Falastinni qabul qilsa, muxtoriyat undan Isroilning Falastin hududlaridagi harakatlarini tergov qilishni so’rashi mumkin bo’ladi.
Biroq, deydi ayrim kuzatuvchilar, Falastinning Bosh Assambleyadagi maqomining oshishi salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Qo’shma Shtatlar bu ishga qarshi va davlatchilikka erishishning yagona yo’li Isroil bilan muzokara, deb keladi. Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nulandning aytishicha, Davlat kotibi Xillari Klinton muxtoriyat prezidenti Mahmud Abbos bilan o’tgan hafta gaplashib, Vashington fikri o’zgarmasligini aytgan.
"Bu yo’l bilan Falastin mustaqil davlat bo’la olmaydi... Bu xato. Biz bunga qarshimiz", - deydi Nuland.
Qo’shma Shtatlar 2012-yilda Falastin uchun yordam tariqasida 500 million dollar ajratgan.
Endi bu va boshqa yordam to’xtashi mumkin, deydi Nyu-York universiteti dekani Vera Jelinek.
"Falastin va boshqalar jazoga tortilishi mumkin. Masalan, YUNESKO Falastinni o’z safiga qabul qilgani uchun AQSh pulidan ayrildi. Isroil ham soliqlardan tushayotgan pulni bermasligi mumkin", - deydi mutaxassis.
Bu esa joriy yilgi byudjetda 1,5 milliard dollarlik kamomadga yuz tutgan Falastinni yanada qiynab qo’yishi mumkin.
Siyosiy tahlilchi Garibning aytishicha, Falastin qisqa muddatda iqtisodiy tomondan zarar ko’rishi aniq, AQSh va Isroil bilan yoqalashishi ham mumkin, ammo bundan boshqa chora yo’q.
"Uzoq muddatda Falastin baribir shu yo’ldan borishga, masalani xalqaro hamjamiyat muhokamasiga chiqarishga majbur. Chunki shu paytgacha uning dardiga hech kim quloq solmadi, nolasini jiddiy qabul qilishmadi va natijada falastinliklarning pozitsiyasi ancha zaiflashdi", - deydi olim.
Tahlilchilar nazarida Falastinning BMT Bosh Assambleyasida a’zolikni qo’lga kiritishi AQSh va Isroil da’vo qilganidek, Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga putur yetkazmaydi. Jarayonning muzlab qolganiga usiz ham bir yildan oshdi. Falastin va boshqalar jazoga tortilishi mumkin. Masalan, YUNESKO Falastinni o’z safiga qabul qilgani uchun AQSh pulidan ayrildi.
Edmund Garibning aytishicha, AQSh, Isroil va boshqalar, aksincha, haqiqiy mojaroga yo’l qo’ymaslik uchun jarayonni jonlantirishga majbur bo’ladi.
Tahlilchi Jelinek nazarida ham xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Falastin bilan Isroil hisoblashmay iloji yo’q.
"Rezolyutsiya qabul qilindimi, demak, Mahmud Abbos muzokaralarda pozitsiyasi kuchayadi, deb o’ylamoqda. Xalqaro siyosiy sahnada mavqesi yaxshilansa, Isroil bilan muloqotda qo’l keladi. Isroil esa xalqaro bosimni his etib, muzokarani davom ettirishga majbur bo’ladi", - deydi siyosatshunos Vera Jelinek.
Doimiy a’zolarining veto huquqi sabab ba’zi rezolyutsiyalarni o’tkazmaydigan Xavfsizlik Kengashidan farqli o’laroq, Bosh Assambleyada hujjatni qabul qilish uchun ko’pchilikning unga ovoz berishi kifoya.
Bu hafta Rossiya, Xitoy, Fransiya, Ispaniya, Daniya, Shveysariya kabi yetakchi davlatlar rezolyutsiyani qo’llab-quvvatlashini bildirdi. Manba http://www.amerikaovozi.com/content/palestine-un/1555091.html