Amerikaning Virgin orollari
Amerikaning Virgin orollari ingl.United States Virgin Islands
| |
---|---|
Shior: «United in Pride and Hope» «G‘urur va umidda birga birlashamiz» | |
Madhiya: «Virgin Islands March» «Virgin orollari marshi» | |
![]() | |
Poytaxt | Sharlotta-Amaliya |
Eng katta shahar | Sharlotta-Amaliya |
Rasmiy til(lar) | Inglizcha |
Hukumat | AQSh boshqaruvi |
Jo Bayden | |
Albert Brayan | |
1917-yil 31-mart | |
Maydon | |
• Butun |
346.4 km2 (168-oʻrin) |
• Suv (%) |
1 |
Aholi | |
• 2020-yilgi roʻyxat |
87 146 kishi |
• Zichlik | 252.4/km2 |
YIM (nominal) | 2020-yil roʻyxati |
• Butun |
4.068 milliard AQSh dollar |
Pul birligi | AQSh dollari (USD) |
Vaqt mintaqasi | UTC−4:00 |
Qisqartma | VI |
Telefon prefiksi | +1-340 |
Internet domeni | .vi |
Virgin orollari (Amerikaning Virgin orollari, ingl.United States Virgin Islands; Qoʻshma Shtatlarining Virgin orollari, ingl.Virgin Islands of the United States) — Karib dengizidagi Amerika Qoʻshma Shtatlarining uyushgan hududi maqomiga ega boʻlmagan orollar guruhi.
Geografik joylashuvi va tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Virgin orollari Shimoliy va Janu- biy Amerika oraligʻida, Puerto-Riko orolidan sharqda, Kichik Antil orollarining shimoliy qismida joylashgan AQSHga qarashli xudud. Virgin orollari tarkibiga 50 dan ortiq orol kiradi. Ulardan eng yiriklari: Sent-Tomas, Sent-Jon, Santa-Kruz. Orollar ohaktoshli, shu bilan birga kristalli va vulkonli tog jinslaridan tashkil topganlari ham bor.
Iqlimi - tropik. Doimiy yashil tropik oʻrmonlarning koldiqlari uchraydi. Qolgan xududlar qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlardan iborat. Hayvonot dunyosida maymunlar, kolibri va toʻti kabi kushlar bor.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlat tuzilishi orollar ustidan umumiy nazoratni AQSH Ichki ishlar vazirligi amalga oshiradi. Ijroiya Hokimiyat gubernatorga tegishli, maʼmuriy jihatdan 3 ta orolga boʻlingan. Poytaxti Sharlotta-Amaliya Sent-Tomas orolida joylashgan. Siyosiy partiyalari: AQSH Demokratik va Respublikachilar partiyalarining boʻlimlari, Fuqarolar mustaqilligi harakati.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqtisodining asosini chet el turizmi tashkil kiladi. Dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri Sen-Kroa orolida joylashgan. Chorvachilik va baliqchilik rivojlangan. Chetdan keltiriladigan ehtiyot qismlardan soatlar yigʻish, oziq-ovqat maxsulotlari va rom ishlab chikarish yoʻlga qoʻyilgan. Kishloq xoʻjaligida joʻxori, shakarqamish, meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Chetdan neft, sanoat maxsulotlari, ozik-ovkat keltiriladi. Chetga neft mahsulotlari, shakar, rom, sitrus mevalar, qahva eksport qilinadi. 2010-yilda YAIM miqdori 1577 mln (aholi jon boshiga - 17200) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Puerto-Riko.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kolumb ekspeditsiyasi 1493-yili orollarga kelgan. Dastlabki axoli punktlari 1625-yil Santa-Kruz orolida ingliz va fransuz mustamlakachilari tomonidan barpo qilingan. Turli vaqtlarda orollar ustidan inglizlar, fran- suzlar, ispanlar oʻz nazoratini oʻrnatgan. 1733-yili orollarni daniyaliklar sotib olishdi (1754-yilda rasmiy ravishda Daniya mustamlakasi deb eʼlon kilindi). 1672 va 1683-yillarda daniyaliklar Sent-Tomas va Sent-Jon orollarini xam mustamlakaga aylantirgan edi. Daniyaliklar hukmronligi davrida Sent-Tomas oroli savdo markaziga (shuningdek, kul savdosining ham), Sent-Jon oroli esa shakarqamish plantatsiyalariga aylantirilib, ularda kullar ishlatilgan. Kullik mavjud boʻlgan davrda (1848-yilgacha) orolga 28 ming negr kullar keltirilgan. Daniya orollar ustidan 1917-yilga kadar (Napoleon urushlari davridagi qisqa davrni hisobga olmaganda) egalik qilib keldi. Shundan sung, Daniya bu orollarni AQSHga 25 million dollarga sotdi. 1932-yili orolda yashovchilarga AQSH fukaroligi berildi. Bu yerda AQSH harbiy bazasi kurilgan. 1973-yili Virgin orollari AQSH kongressining deputatlar palatasiga 1 ta deputat oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan (lekin u ovoz berish huquqiga ega emas).