Beliz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beliz (Belize) — Markaziy Amerikadagi davlat. Yukatan ya.o.ning jan.sharqida joylashgan. Mayd. 23 ming km2. Aholisi 228,6 ming kishi (1997): asosan negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — Belmopan sh. Maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi. Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi, generalgubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), B. huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, B. milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.

Yer yuzasi asosan tekislikdan iborat, jan. qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya togʻlari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning oʻrtacha oylik t-rasi 25°, 27°. Yiliga 2000 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, koʻllar, sohil boʻylab laguna (qoʻltiq)lar koʻp. Hududining katta qismi nam tropik oʻrmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari bilan qoplangan, shim.da — savanna. B. hayvonot dunyosi turli-tuman.

16-a. boshlarigacha B. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-a. boshida ispanlar bosib olgan va ularning mustamlakasiga aylangan. 1862 y.dan Britaniya Gondurasi nomi bilan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1964 y. ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini olgan. 1973 y.dan mamlakat rasmiy ravishda B. deb atala boshladi. 1981 y. 21 sent.

da B. mustaqilligi eʼlon qilindi. B.— agrar mamlakat. Iqgisodiyotining asosi qimmatli daraxt turlari — qizil, sandal daraxtlarini chetga chiqarish uchun tayyorlash va qayta ishlash, saqich ishlab chiqariladigan xom ashyo — chikle smolasi (yelimi)ni yigʻish. Q.x. chetga chiqariladigan mahsulotlar, asosan shakarqamish, banan va sitrus mevalari (apelsin, greypfrut) yetishtirishga ixtisoslashgan. Kokos palmasi, ananas, banan, kakao, ichki isteʼmol uchun makkajoʻxori, sholi ham ekiladi. Jan. hududlarda chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Baliq, dengiz hayvonlari ovlanadi, shuningdek taxta tilish, poʻlat prokatlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Elektr energiya i.ch.— 74 mln. kVts. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari — 1,4 ming km. Asosiy dengiz porti — Beliz, uning yaqinida, Stenli Fildda aeroport bor. B.dan chetga xom shakar, kiyim-kechak, meva konservalari, sitrus mevalar, yogʻochning qimmatli turlari, baliq chiqariladi. Oziq-ovqat, asbobuskuna, transport vositalari, kimyoviy tovarlar va yoqilgʻi keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yamayka, Meksika. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — B. dollari. "Amandala" (1969 y.dan), "Beliz Tayme" ("Beliz vaqti", 1956 y.dan), "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Piplz pale" ("Xalq nafasi", 1989 y.dan), "Riporter" ("Muxbir", 1968 y.dan) gaz.

lari chiqadi. 1937 y.dan yarim tijorat radioeshittirish xizmati mavjud.[1]

Beliz
Beliz davlat bayrogʻi   Beliz davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Sub umbra floreo
(Lotincha: Under the shade I flourish)
Madhiya: Land of the Free
Beliz Xaritasi
Poytaxt Belmopan
Rasmiy til(lar)
Hukumat Hamdo`stlig
 •  Rohib   Qirolicha Elizabet II
 •  Gubernator-General   Ser Colville Young
 •  Bosh Vazir   Dean Barrow
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   21 sentabr 1981
Maydon  
 • Butun 22,966 km² (151-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 279,457 (179- oʻrin)
 • Zichlik 12/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$1,778 mil. (185-)
 • Jon boshiga AQSh$6,362
Pul birligi Belize Dollar (BZD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma BH
Internet domen .bz
Telefon prefiksi +501

Beliz () poytaxti - Belmopan shahri. BMT a'zosi

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil