Namibiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namibiya Respublikasi
Namibiya davlat bayrogʻi   Namibiya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Unity, liberty, justice
Madhiya: {{{davlat_madhiyasi}}}
Namibiya Xaritasi
Poytaxt Vindxoyek
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Hifikepunye Pohamba
Mustaqillik   Janubiy Afrikadan
 •  Sana   21 mart 1990
Maydon  
 • Butun 825,418 km² (34-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 2,030,692 (144- oʻrin)
 • Zichlik 2/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$16,580 mil. (120-)
 • Jon boshiga AQSh$8,165
Pul birligi Namibian Dollar (NAD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma WA
Internet domen .na
Telefon prefiksi +264


Namibiya (Namibia), Namibiya Respublikasi (Republic of Namibia) — Afrikaning jan.-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 825,4 ming km². Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Vindxuk shahri Maʼmuriy jihatdan 13 tuman (district)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

N. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990 yil 9 fevral

da qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1990 yildan Sem Nuyoma). Konstitutsiyaga binoan u umumiy toʻgʻriovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Ammo konstitutsiyaga 1998 yilda kiritilgan tuzatishga muvofiq Sem Nuyoma uchun prezident lavozimida boʻlish muddatini cheklash bekor qilindi. Konun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali parlament (Milliy assambleya va Milliy kengash). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi.

Tabiati[tahrir]

N.ning qirgʻoq chizigʻi tekis. Yer yuzasining aksari qismi balandligi 900–1500 m yassitogʻlik boʻlib, daryo vodiylari va tektonik botiklar mavjud. Eng baland joyi 2600 m (Brandberg togʻi). Yassitogʻlikning sharqiy va shim. chekkalari qiya, gʻarbiy chekkasi esa sohil boʻyi tekisligi — Namib choʻliga tik tushgan. N.ning markazi va jan.dagi keng bukilma quyi kembriy yotqiziqlari bilan toʻlgan. Foydali qazilmalardan mis, germaniy, qoʻrgʻoshin-vanadiy, marganets, qalay, volfram konlari bor. Oltin, kumush, uran rudalari, oltingugurt, rux, sohildan va dengizning sohilga yaqin qismidan olmos xdm qazib olinadi.

Iklimi tropik, juda quruq. Eng issiq oyi — yanvarning oʻrtacha temperaturasi 18—27°, eng salqin oyi — iyulniki 12—16°. Yillik yogʻin sohilda 10–15 mm, shim.sharqida 500 – 700 mm. Koʻpgina daryolarida faqat yomgʻir yoqqan vaqtda suv oqadi. Yirik daryolari: Oranj, Zambezi va Kunene. N. hududining koʻp qismida tropik choʻl va qizgʻish qoʻngʻir tuproq. Namib choʻlida oʻsimlik juda siyrak. Yassitogliklar kserofit butazorlar bilan qoplangan. Balandroq joylar chala choʻl va choʻl savannasidan iborat. Hayvonlardan endemik kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, naytish yashaydi. Viverralar, kiyik, sirtlon uchraydi. Hayvonlarningayrim turlari faqat milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan, milliy bogʻlarning eng kattasi — Etosha milliy bogʻi.

Aholisi[tahrir]

N. tub joy aholisining aksari qismi bantu tillari oilasiga mansub elatlardan iborat. Gottentot, togʻlik damara va bushmenlar ham yashaydi. Yevropaliklar aholining 7%ni tashkil etadi. Rasmiy tili - ingliz tili. Axrlining 90% xristianlar, qolgan qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 25%. Yirik shaharlari: Vindxuk, Uolfish-Bey, Sumeb, Kitmansxup, Ochivarongo.

Tarixi[tahrir]

Qadim zamonlarda N. hududida ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini terish bilan shugʻullanuvchi bushmenlar, koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanuvchi gottentotlar hamda togʻlik damaralar yashagan. taxminan 16-asrdan N. hududiga bantular (gerero, ambo, kavango, yeye, tsvana va boshqalar) kirib kela boshladi. Gererolarning asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. 18-asr oxirlarida ularni dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi ambolar jan.ga surib yubordi. Namalar bilan togʻlik damaralar (gottentotlarning bir guruhi) esa mamlakat jan.da oʻrnashib oldi. 19-asr boshlarida Kap mustamlakasidan koʻchib kelgan orlamlar koʻpgina gerero qabilalarini oʻzlariga boʻysundirib oldi. Hozirgi N. sohiliga dastlab 1484 yilda portugal dengizchilari kelib tushganlar, shundan soʻng bir necha asrgacha yevropaliklar bu yerlar bilan deyarli qiziqmaganlar. Faqat 1802 yildan inglizlar Oranj daryosidan shim.roqda oʻzlarining dast-Vindxuk shahri koʻchalarida.labki missiyalarini tuzdilar. 1878 yilda Buyuk Britaniya Okaxanjada qalʼa qurib, Uolfish-Bey atrofini oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1884 yilda Germaniya N. hududini Germaniya Jan.-Gʻarbiy Afrikasi (JGʻA) nomi bilan oʻzining protektoratiga aylantirdi. Mus-tamlakachilar oʻz hukmronligini oʻrnatishda afrikalik qabila boshliqlarining oʻzaro adovatidan foydalan-dilar. Gottentot, mbanderu va koua qabilalari mustamlakachilarga eng koʻp qarshilik koʻrsatdilar. 1 -jahon urushi davri (1914—18)da JGʻAni Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) bosib oldi. Urushdan keyin u Millatlar Ligasi ixtiyoridagi mandatlar tarkibiga ki-ritildi. 1920 yilda JGʻAni boshqarish mandati JAIga berildi. Shu vaqtdan JAIdagi irqiy tartiblar JGʻAga ham joriy boʻldi. 1925 yilda JGʻAda Qonun chiqaruvchi assambleya tuzilib, deputatlikka faqat oq tanlilar saylandi. 2-jahon urushi (1939—45)dan keyin barcha mandat hududlari BMTning xalqaro vasiyligi tarkibiga kiritilishiga qaramay, JAI (1961 yildan - JAR) JGʻAni BMT vasiyligiga berishdan bosh tortib keldi. 1949 yilda esa bu hududni JARning viloyati deb eʼlon qildi. 1946 yildan JGʻA masalasi BMTning turli organlarida muhokama qilinib, JARning JGʻAga nisbatan mustamlakachilik siyosati qoralandi.

1966 yilda Bosh Assambleya qabul qilgan rezolyusiyada JGʻA xalqining oʻz taqdirini oʻzi hal qilish va mustaqillikka boʻlgan huquqlari qayd qilin-di, JGʻAni boshqarish uchun JARga berilgan mandat bekor qilinib, bundan keyin bu hududni boshqarish BMTga yuklatildi. 1967 yilda JGʻAni boshqarish uchun BMTning maxsus Kengashi tuzildi va komissar tayinlandi (ammo 1990 yilgacha N.ni JAR boshqardi). 1968 yilda BMT Bosh Assambleyasi JGʻA xalq-ining istagini hisobga olib, JGʻA no-mini N. deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va BMTga aʼzo davlatlarni namibiyalik vatanparvarlarga yordam berishga daʼvat etdi.

1960 yilda tuzilgan SVAPO , (Jan.Gʻarbiy Afrika xalq I tashkiloti) tub joy aholining milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi. 70-yillarning oxirlaridan bu tashkilotning faolligi kuchaydi. U N.ga darhol mustaqillik berilishini va demokratik xalq hukumati tuzilishini talab qildi. Nihoyat, 1990 yil 21 martda N. mustaqil deb eʼlon qilindi va N. Respublikasi deb yuritila boshladi. N. — 1990 yildan BMT va Afrika Birligi tashkiloti aʼzosi. 1991 yil 25 dek.da OʻzR suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 21 mart — Mustaqillik eʼlon qilin-tan kun (1990).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

Jan.-Gʻarbiy Afrika xalq tashkiloti (SVAPO), partiya, 1960 yilda asos solingan; Turixalle demokratik alyansi, partiya, 1977 yilda tuzilgan; Demokratlar kongressi, partiya, 1999 yilda tashkil etilgan; Birlashgan demokratik front, 1989 yilda tuzilib, 1993 yilda partiyaga aylantirilgan. N. ishchilari milliy ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1971 yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir]

N. konchilik sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Konchilik sanoati N. iktisodiyotining negizidir. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoati 21,6%, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik 15,4%, qayta ishlash sanoati 6,2%ni tashkil etadi. 20-asrning 90-yillarida har yili salkam 800 ming karat olmos, 1600 kg oltin, 90 t dan ziyod kumush, 72 ming t rux, 33 ming t mis, 35 ming t qoʻrgʻoshin, shuningdek, koʻp miqdorda uran rudalari, kalay, marganets, volfram, vanadiy, oltin-gugurt qazib olindi. Rangli metallurgiya korxonalari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Vindxuk, Sumeb va UolfishBeyda yirik issiklik elektr st-yalari bor. Kunene daryosida 320 MVt kuvvatga ega boʻlgan GES qurilgan.

Konchilikka bogʻliqboʻlmagan ishlab chiqarish sanoati unchalik yaxshi rivojlanmagan. Chetdan keltirilgan qismlardan mashina va uskunalar yigʻadigan z-dlar, yogʻochsozlik korxonalari, baliq uni va konservalari ishlab chiqariladigan z-dlar, tyulen yogʻini qayta ishlaydigan f-ka, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud.

K-x.da mexanizatsiyalashgan yirik tovar fermer (asosan, chorvachilik) xoʻjaliklari ustun. Qorakoʻlchilik asosiy oʻrinni egallaydi. Qoramol ham boqiladi. Mamlakat hududining 46% oʻtloq va yaylovlar bilan band. Yerlarning atigi 1% sunʼiy sugʻorishsiz ekin ekishga yaroqli. Bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, supurgi, sabzavot yetishtiriladi. Dengiz boʻyi aholisi baliqchilik bilan shugʻullanadi.

Temir yoʻllar uz. 2,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 41,9 ming km, shundan qattiq qoplamali yoʻllar — 4,5 ming km. Dengiz portlari: Uolfish-Bey, Lyuderits. Vindxuk yaqinida xalq-aro aeroport bor. Oʻz mahsulotining eksport qilinadi. Sanoat va isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojning 80% import hisobiga qondiriladi. Chetga mineral xom ashyo (olmos, uran, turli metallar), chorvachilik mahsulotlari (goʻsht, goʻsht konservalari, baliq) chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-us-kuna, keng isteʼmol mollari, qurilish materiallari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, AQSH. Pul birligi — N. dollari.

Zamonaviy tibbiyot va maorif tizimlari endigina yoʻlga qoʻyila boshladi. Vindxukda Texnika kolleji bor. Il-miy muassasalari: Vindxukda Ilmiy jamiyat, Meʼmorlik in-ti, Uolfish-Beyda Ekologiya tadqiqoti departamenti, Vindxukda qishloq xoʻjaligi departamenti. Vindxukda xalq kutubxonasi, Arxiv va uning kutubxonasi, Davlat muzeyi, Svakop-mund va Lyuderits shahrida muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: "Algemayne saytung" ("Umumiy gazeta", nemis tilida chiqadigan kundalik kechki gaz., 1915 yildan), "Namib tayme" ("Namib vaqti", ingliz, nemis, afrikaans va por-tugal tillarida haftada 2 marta chikadigan gaz., 1958 yildan), "Namibian" ("Namibiyalik", ingliz tilida chika-digan gaz., 1985 yildan), "Nyu ira" ("Yangi davr", ingliz tilida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gaz.), "Republikeyn" ("Respublikachi", afrikaans, ingliz va nemis tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1977 yildan), "Namibiya tudey" ["Bugungi Namibiya", ikki haftada 1 marta Luanda (Angola)da chika-digan jur., 1977 yildan], "SVAPO informeyshn bulletin" ("SVAPO axborot byulleteni", oyiga 1 marta chikali). N. axborot agentligi (NAMPA) 1987 yilda tashkil etilgan. N. radioeshittirish korporatsiyasi, radioeshittirish va telekoʻrsatuv mahkamasi, 1979 yilda tuzilgan.

Xalq sanʼati. N. hududidan qad. qoya rasmlari topilgan. Ular maʼdan boʻyoqlar bilan yoki oʻyma usulda bajarilgan. Bir necha ming yillar avval bushmenlar va ularning ajdodlari chizgan bu rasmlarda xilma-xil hayotiy voqealar (ov va jang manzaralari, diniy marosimlar, afsona qahramonlarining ishlari) tasvirlangan. 1907 yilda Brandberg togʻi yaqinidagi Maak gʻoridan topilgan qoya naqshi jahonga mashhur boʻlib, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga mansubligi aniklandi va u "Oq ayol" deb nomlandi. N.da anʼanaviy turar joylar ibtidoiy (doira shaklidagi devorlari oʻt, shox-shabba, hayvon terilari bilan yopilgan) chaylalardan iborat. Chayla oʻrtasiga ustun qoʻyilib, tomi poxol bilan yopiladi. N.da badiiy xunarmandchilik (kulolchilik, kashtachilik), metalldan qurol, zeb-ziynat (taqinchoq va h.k.) yasash keng tarqalgan.[1]

Namibiya (Namibiya Respublikasi) poytaxti — Vindoyek shahri. BMT aʼzosi

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil