Paragvay
Paragvay Respublikasi República del Paraguay
| |
---|---|
Shior: Tinchlik va Adolat (Ispancha: Paz y justicia) | |
Madhiya: Paraguayos, República o Muerte (Paragvaylar, respublika yoki o'lim) | |
Poytaxt | Asunson |
Rasmiy til(lar) |
Ispancha Guaranicha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Mario Abdo Benítez | |
Hugo Velázquez | |
Mustaqillik (Ispaniyadan) | |
• Sana |
14-may 1811 |
Maydon | |
• Butun |
406,750 km2 (59-oʻrin) |
• Suv (%) |
2.3 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
6,347,884 (101-oʻrin) |
• Zichlik | 15/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$31,790 mil. (92-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$5,008 |
Pul birligi | Guarani (PYG) |
Vaqt mintaqasi | UTC–4 |
• Yoz (DST) |
UTC–3 |
Qisqartma | PA |
Telefon prefiksi | 595 |
Internet domeni | .py |
|
Paragvay, Paragvay Respublikasi (Ispancha: República del Paraguay) — Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 406,8 ming km². Aholisi 5,8 mln. kishi (2002). Poytaxti – Asunson shahri. Maʼmuriy jiqatdan 19 departament (departamento) va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paragvay – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 21-iyunda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi – prezident (1999-yildan Luis Gonsales Makki), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament – senat va deputatlar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paragvay relyefi, asosan, tekislik. Markaziy qismini Paragvay daryosi boʻyidagi botqokli pasttekislik, shimoli-gʻarbini Granchako tekisligining bir qismi, janubi-sharqini Braziliya yassitogʻligining bir qismi egallaydi. Oz miqdorda temir, marganets, mis ruda konlari bor. Iqlimi – tropik, issiq iqlim. Oʻrtacha temperatura iyulda 17–19°, yanvarda 27–29°. Yillik yogʻin gʻarbda 700 dan sharqda 2000 mm gacha. Yirik daryolari: Parana, Paragvay va ularning irmoklari. Tuprogi sharqda kizil ferralit, markazda oʻtloqi, gʻarbda jigarrang-qizil tuproq. Mamlakat hududining teng yarmi qimmatbaho daraxtlar (kvebraxo, mate) oʻsadigan oʻrmon. Paragvayda tapir, pekar, yaguar, suv choʻchqasi, botqoq bugʻusi, puma, zirxli, nosux, kapibar kabi hayvonlar, keng burunli maymunlar, turli-tuman qushlar yashaydi. Milliy bogʻlari – Defensores-delchako, Tinfunke va boshqa
Aholisi, asosan, paragvaylar (ispan kelgindilari bilan indeys ayollari ni-kohidan vujudga kelgan metislar). In-deyslar, nemislar, argentinlar ham yashaydi. Rasmiy tili – ispan tili, koʻpchilik guarani indeys tilida soʻzlashadi. Dindorlarning aksariyati – ka-toliklar. Aholining 50,5% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Asunson, Vilyarrika, Konsepson.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropaliklar 1527-yil mamlakatga kelishidan avval bu yerda guarani indeyslari yashagan. 1535-yil Paragvay Ispaniya mustamlakasiga aylantirildi. Mahalliy aholi qirib tashlandi, qolganlar qul qilindi. 17–18-asrlarda iyezuitlar davlati mavjud boʻldi. Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik yoʻlidagi urushi natijasida Paragvay 1811-yil mustaqillikka erishdi va respublika deb eʼlon qilindi, mamlakatda inqilobiy xunta hukmronlik qila boshladi. 1842-yilda qullik bekor qilindi. 1844-yilda birinchi konstitutsiya qabul etildi. 1864–70 yillarda Paragvay hududining yarmini Argentina va Braziliya bosib oldi. Yirik latifundiya egalari bilan harbiylar Milliy respublikachilar uyushmasi ("Kolorado")ga birlashdi. Paragvay Birinchi jahon urushida betaraf turdi. Ikkinchi jahon urushida ham betaraflik eʼlon qilsada, Germaniyaga koʻmaklashdi, urushdan keyin nemis har-biy jinoyatchilariga boshpana berdi. Urush davrida yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi, davlat savdo floti tashkil topdi. Paragvay 1945-yil fevralda Germaniya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi.Urushdan keyin mamlakatda ketmaket davlat toʻntarishi boʻlib turdi va 1954– 89 yillarda A. Stresner (1954–89 yillarda prezident) harbiy politsiyachilar diktaturasi hukm surdi. 90-yillardan fuqarolar hukumati qokimiyatni idora kila boshladi. Paragvay – 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan 2001-yil avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 14-may – Mustaqillik kuni (1811).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liberal partiya, 1961-yil anʼanaviy liberal partiya parchalanganidan keyin tuzilgan; Liberal-radikal partiya, 1961-yil tashkil etilgan: Milliy respublikachilar uyushmasi – "Kolorado" partiyasi, 1887-yil asos solingan; Paragvay kommunistik partiyasi, 1928-yil tuzilgan; Haqiqiy liberal-radikal partiya, 1977-yil tashkil etilgan; Inqilobiy febrero partiyasi, 1951-yil fevralda Febrero (fevralchilar) partiyasi nomi bilan tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1965-yil asos solingan. Mehnatkashlar birlashgan kasaba uyushma markazi, 1980-yil tuzilgan; Paragvay mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1951-yil tashkil etilgan.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paragvay – iqtisodiy jiqatdan kam rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, sanoatning ulushi 17,4%. Xoʻjalikning asosiy tarmoklari: chorvachilik va oʻrmonchilik.
Qishloq xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat hududining chorak qismidan qishloq xoʻjaligida foydalaniladi, shundan salkam 90% oʻtloq va yaylov, 10% ekinzor. Yaylov chorvachiligi gusht yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, qoʻy va ot boqiladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxo-ri, maniok, sholi, bugʻdoy, batat, sha-karqamish, loviya, sitrus mevalar va boshqa Eksport uchun tamaki, choy, paxta, kofe, tung yongʻogʻi, soya yetishtiriladi. Tokzorlar bor. Tropik yogʻochlar tayyorlanadi.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yetakchi tarmoklari: qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash, oziqovqat sanoati (kushxonalar), yogʻochsozlik, toʻqimachilik, koʻn-poyab-zal, oshlovchi kebracho ekstrakti, sement ishlab chiqarish va boshqa Neftni qayta ishlash, oʻsimlik moylari, kand-shakar ishlab chiqarish korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 2,4 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiya hosil qili-nadi. Tuz va ohaktosh qazib olinadi. Xorijiy kompaniyalar yordamida neft va uran konlari oʻrganila boshladi. Mamlakat tashqi savdo yuklarining deyarli hammasi Parana va Paragvay daryolari orqali tashiladi. Eng katta porti – Asunson. Paragvay uzunligi – 1,5 ming km ga yaqin, avtomobil yoʻllari uzunligi 25,7 ming km. Paragvay chetga goʻsht va goʻsht mahsulotlari, paxta, neft va neft ekstrakti, yogʻoch, tung moyi va boshqa chiqa-radi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa oladi. Braziliya, Argentina, Germaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi – guarani.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maorif tizimida boshlangʻich maktabning 3 yillik, 5 yillik, 6 yillik turlari bor. Oʻrta mak-tab (oʻqish muddati 6 yil) ikkita 3 yillik bosqichdan iborat. Hunar-texnika oʻquv yurtlari boshlangʻich maktab va 1-bos-qich oʻrta maktab negizida ishlaydi. Paragvayda 21 oliy oʻquv yurti bor, yiriklari: Asunsondagi Milliy universitet (1890-yil asos solingan), "Nuestra Senora de la Asunson" katolik universiteti (1960). Davlat ilmiy muassasalari: Atom energiyasi milliy komissiyasi (1965), Botanika bogʻi (1914), Harbiy geografiya instituti (topografiya haritalari), Guarani tili madaniyati akademiyasi (1975); xususiy ilmiy muassasalari: Paragvay ilmiy jamiyati (1921), Paragvay pediatriya va bolalar gigiyenasi instituti (1928), Paragvay tarixiy tadqiqot instituti (1937) va boshqa Asunsonda Milliy kutubxona, Nafis sanʼat va qadimgi yodgorliklar milliy muzeyi, Tabiiy tarix va etnografiya muzeyi bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paragvayda nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: "A Be Se kolor" (kundalik gazeta, 1967-yildan), "Adelan-te!" ("Olgʻa!", oylik gazeta, 1942-yildan), "Voye de trabaxo" ("Mehnat sasi", 2 qaftada 1-marta chikadigan jurnal), "Dia" ("Kun", kundalik gazeta), "Notisias" ("Yangiliklar", 1844-yildan), "Patria" ("Vatan", kundalik gazeta, 1946-yildan), "Perspektivas" ("Istiqbollar", jurnal, 1986-yildan), "Popular" ("Xalq gazetasi", kundalik gazeta), "Progreso" ("Taraqqiyot"), "Pueblo" ("Xalq", haftanoma, 1964-yildan), "Ultima ora"("Soʻnggi soat", kundalik kechki gazeta, 1977-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Radio va televideniye kanallari tijorat asosida ishlaydi.
Adabiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyoti ispan va guarani tillarida. Mustamlaka davrida yozma adabiyot deyarli boʻlmagan, guarani indeyslarining boy ogʻzaki ijodi rivojlangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan keyingina Paragvay adabiyoti sheʼriyatdan boshlandi. Birinchi romantik shoir N. M. Talaver (1839–67) vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlari bilan adabiyot maydoniga chikdi, milliy madhiya ham uning qalamiga mansub. 20-asr boshlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari keng tarqaldi, bu sohada M. Dominges, S. Baes kabi yozuvchilar, X. E. O’Liri, M. Ortis Gerrero kabi shoirlarning asarlari diqqatga sazovor. Shoir X. Korrea milliy dramaturgiyaga asos soldi ("Baxtsizlarning zorligi" pyesasi). 20-asr 2yarmidan badiiy proza ravnaqtopa boshladi. A. Roa Bastosningoʻz xalqi taqsirini tasvirlovchi hikoyalar toʻplami va "Inson farzandi" romani (1960) Paragvay adabiyotini yuqori po-gʻonaga koʻtardi. Ijtimoiy nizolarni mifologik motivlar orkali tasvirlovchi bu asar jahon adabiyoti xazina-siga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Mamlakatda harbiy-politsiya diktaturasi davrida koʻpgina yozuvchilar chet ellarda yashab, ijod qilishga majbur boʻldi. 90-yillardan Paragvay adabiyoti yanajonlana boshladi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paragvay aholisi qadimdan somonli xom gʻisht, loy va qamishdan qurilgan kulbalarda yashab kelgan. Mustamlaka davrida barpo etilgan mustahkam manzilgoxlarda yogʻoch va xom gʻishtdan ibodatxona, ustaxona, bozor, lashkargoxlar qurilgan, ularning atrofida indeyslarning kulbalari joylashtirilgan. 17–18-asrlarda hashamatli cherkovlar barpo etiddi. 1840–65 yillarda Paragvay poytaxti – Asunson shahri qayta re-jalashtirilib, yevropacha uslubda qurildi. Paragvay mustaqillikka erishgach, yirik shaharlarda saroy va jamoat binolari klassitsizm va italyan uygʻonish davri uslublarida tiklandi, gʻisht va toshdan 2–3 qavatli turar joylar kurila boshladi. Keyingi yillarda AQSH va Braziliya meʼmorlari ishtirokida jamoat majmualari, sanoat inshootlari va uy-joylar zamonaviy binokorlik materiallaridan qurildi.
Paragvay hududida qad. zamonlarda yashagan indeys qabilalari ovchilik, baliq ovlash, dehqonchilik bilan shugʻullangan va guldor sopol idishlar yasash, badanga naqsh solish, kashtali kiyimlar tikish sanʼatini rivojlantirgan. Indeys kulbalarida yoshlarga naqshinkorlik va oʻymakorlik sirlari oʻrgatilgan.
19-asr oʻrtalarida rassomlik maktabi vujudga keldi, ilk mahalliy rassomlar (manzarachi S. Rios, portretchi A. Garsia) xalq hayotini va mamlakat tabiatini aks ettiruvchi asarlar yaratdilar. 20-asrda rassom Paragvay Alborno, haykaltarosh V. Polyarolo, fafik X. dela Erreriya va boshqa sanʼatkorlar ijodida mamlakat tarixi, manzaralari va xalq anʼanalari ifodalab berildi. AQSH va Yevropa sanʼati taʼsirida shaklbozlik, avangardizm oqimlari ham tarqaldi. Hunarmandchilikda badiiy toʻr toʻqish, choyshabga gul, kush, jonivorlar tasvirini tushirish, naqqoshlik, kulollik, suyak va yogʻoch oʻymakorligi, kumush va mis taqinchoqlar yasash sanʼati rivojlangan. Indeyslarning sopol idishlarni qolipaki naqshlash, qush patidan turli bezaklar ishlash sanʼati hamon saqlanib qolgan.
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Indeyslarning musiqa janrlari xilma-xil: marosim va meqnat qoʻshiklari, davra oʻyin aytishuvlari, tarixiy aytimlar va ishqiy la-parlar, taronalar va hokazo. Fleyta (mim-bi) va hushtak turlari, suyak va yogʻoch trubalar, baraban, shaqildoq kabi chol-gʻular ommalashgan.. Paragvayliklar musiqasi butun Lotin Amerikasidagi kreol musiqasi bilan mushtarak boʻlishiga qaramay, milliy oʻziga xos tomonlari bor (qoʻshiq janrlari – kanson va guaraniya; cholgʻu asboblari – gitara va arfa). Professional musiqa 19-asrdan rivojlana boshladi. 20-asrda konsert faoliyati urf boʻldi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida dastlabki musika muassasalari, jamiyatlari, uyushmalari tashkil etildi. Kompozitorlar orasida R. Ximenes, E. Ximenes, X. A. Flopec, X. K, Moreno Gonsalesni koʻrsatish mumkin. Asunsonda musiqa bilim yurti, xususiy musiqa maktablari bor.
Teatri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki teatr tomoshalari 16-asr oʻrtalarida koʻrsatildi. Mustamlaka davrida, asosan, diniy mazmundagi asarlar sahnalashtirildi. Milliy teatr sanʼati 19-asr oʻrtalaridan rivojlana boshladi. 1858-yil Asunsonda teatr binosi qurildi. 20-asrda poytaxtda "Granados", "Nasonal", "Independyente" teatrlari, A. Sunye rahbarligidagi Paragvay drama va komediya truppasi ishladi. Shu davrda guarani teatri ham rivojlandi. X. Korrea bilan bir qatorda F. M. Barrios, R. Senturion Miranda, X. Pla kabi dramaturglarning asarlari, E. Baes, E. Reysofer kabi aktyorlarning ijrosi tomoshabinlarga manzur.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |