Kontent qismiga oʻtish

Niue

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Niue
inglizcha: Niue
Niuecha: Niuē-fekai
Yangi Zelandiyaning erkin assotsiatsiyalashgan davlati
Shior: "God, Niue Eternally"
("Xudo, Niue abadiy bo‘lsin")
Madhiya: Ko e Iki he Lagi
Location of Niue
Poytaxt Alofi
Rasmiy til(lar) Ingliz tili va Niue
Etnik guruhlar
• 68.4% Niueliklar
• 5.3% Qisman niueliklar
• 29.3% Boshqalar
Etnoxoronim(lar) Niueliklar
Hukumat Yagona, partiyasiz parlamentli
konstitutsiyaviy monarxiya
 Monarx
Charles III
 Qirolning vakili
Sindi Kiro xonim
Dalton Tagelagi
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Niue Assambleyasi
Suveren davlat (Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya)
 Yangi Zelandiya
bilan erkin assotsiatsiyalashgan
o‘zini o‘zi boshqarishi
1974-yil 19-oktyabr
 BMT tomonidan
tashqi siyosatdagi
mustaqilligi e’tirof etilgan
1994-yil
Maydon
 Butun
261.46 km2
 Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
 2022-yilgi roʻyxat
1,681
 Zichlik 6.71/km2
YIM (XQT) 2021-yil roʻyxati
 Butun
$18.7 million (220-oʻrin)
 Jon boshiga
$11,100 (140-oʻrin)
YIM (nominal) 2021-yil roʻyxati
 Butun
$43 million
Pul birligi Yangi Zelandiya dollari (NZD)
Vaqt mintaqasi UTC−11:00
Telefon prefiksi +683
ISO 3166 kodi NU
Internet domeni .nu

Niue (inglizcha: Niue) — Yangi Zelandiya bilan erkin assotsiatsiyalashgan bir xil nomdagi orol va o‘zini o‘zi boshqaradigan davlat tuzilmasi. Tinch okeanining janubida, Polineziyada, Tonga orollaridan sharqda joylashgan. Amerika Samoasi, Kuk orollari va Tonga hududiy suvlari bilan chegaradosh.

Boshqaruv shakli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstitutsiyaviy monarxiya. Niue Yangi Zelandiya bilan erkin qoʻshilgan oʻzini-oʻzi boshqaruvchi davlatdir. Ichki masalalarni oʻzi hal qiladi. Tashqi siyosati va mudofaasini Yangi Zelandiya amalga oshiradi, Niueni maʼmuriy va iqtisodiy qoʻllab-quvvatlaydi. Yangi Zelandiya monarxi — Qirol Charles III davlat rahbaridir. Aholisi Yangi Zelandiya fuqarolari hisoblanadi.

Niueda ijroiya hokimiyatini bosh vazir va uch nafar vazirdan iborat Vazirlar Mahkamasi boshqaradi.

Qonunchilik oliy organi — bir palatali Qonunchilik Assambleyasi. 14 nafar aʼzo boʻlib, uning vakolat muddati 3 yil.

“Niue xalq partiyasi” asosiy siyosiy kuchdir.

Boʻlinishi va aholisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niue orollari 14 okrugga boʻlingan. Mahalliy aholining migratsiya nihoyatda katta. Yangi Zelandiyada 21 ming niue fuqarosi yashaydi.

Ingliz tilidan tashqari niue tili qoʻllaniladi. Asosan nasroniylikka eʼtiqod qilinadi.

Joylashuvi va tabiati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niue Tinch okeani janubiy qismida, Polineziyada joylashgan oʻzini-oʻzi boshqaradigan davlat tuzilmasi. Yangi Zelandiya Qirolligi tarkibiga kiradi. Amerika Samoasi, Kuk orollari va Tonga bilan dengiz orqali chegaradosh.

Niue shu nomdagi marjon atoll, Tinch okeanida joylashgan uchta suv osti rifidan iborat. Doimiy oqar suv manbai boʻlmasa-da, yer osti chuchuk suvi yetarli.

Niue dunyodagi eng baland marjon orollari hisoblanadi. Eng yuqori nuqtasi — Mutalau tepaligi (68 metr). Iqlimi — issiq va moʻtadil namchil. Yillik oʻrtacha harorat — +26°C, oʻrtacha yogʻin 2180mm. Doimiy kuchli boʻronlar Niuega halokatli zarar yetkazadi. Orolning katta qismi boʻtalardan iborat, ichki tumanlari tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Orolda qushlarning 31 turi uchraydi.

Atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida bir nechta qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Xuvalu oʻrmoni tabiatni muhofaza qilish zonasi, Hakupu meros obyekti va madaniy parki, tulkilarning Tauga-Peka qoʻriqlanadigan zonasi, Anono dengiz qoʻriqxonasi shular sirasidandir.

Bu yerga eramizga qadar 1000-yillarda Tonga va Samoadan polinezlar (motu, tafiti) koʻchib kelishgan.

Orol 1774-yili britaniyalik dengizchi Jeyms Kuk tomonidan ochilgan. 1900-yili Niue Buyuk Britaniya imperiyasi protektoratiga aylandi. 1901-yili Yangi Zelandiya bosib oldi. 1974-yili Niue mustaqillikdan voz kechdi va Yangi Zelandiya hamdoʻstligida oʻzini-oʻzi boshqaradigan davlat tuzilmasiga aylandi. Ammo xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda mustaqil ishtirok etadi. Janubiy tinch okeani komissiyasi va Tinch okeani orollari forumi aʼzosi.

Yangi Zelandiya hukumati Niuega salmoqli moliyaviy yordam koʻrsatishda davom etmoqda. Turizm rivojlanmoqda, taro mahsuloti eksport qilinmoqda. Banan, kokos palmasi, sabzavotlar yetishtiriladi. Dengizda 390 ming kvadrat kilometr iqtisodiy hududga ega, baliqchilik va asalarichilik yaxshi rivojlangan. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 128 km.

Tashqi siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niue Tinch okeani mamlakatlari bilan yaqin aloqalarga ega. Tinch okeani orollari forumi, Britaniya Hamdoʻstligining assotsialashgan aʼzosi. Afrika, Karib havzasi va Tinch okeani mintaqasi tashkilotiga qoʻshilgan.

Eʼtiborga molik maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niuening .nu internet domeni Shvetsiya, Daniya va Niderlandiya Qirolligi foydalanuvchilari orasida juda mashhur. Chunki bu tillarda “nu” soʻzi “hozir” degan maʼnoni anglatadi. 2011-yil 3-avgustda orol osmonida, 20 kilometr balandlikda meteoroid portladi.

  • Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil