Papua Yangi Gvineya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Papua Yangi Gvineya Mustaqil Davlati
Papua Niugini
Papua Yangi Gvineya davlat bayrogʻi   [[Image:|110px|Papua Yangi Gvineya davlat gerbi]]
Bayroq Gerb
Shior: Unity in Diversity
Madhiya: {{{davlat_madhiyasi}}}
Papua Yangi Gvineya Xaritasi
Poytaxt Port Moresbi
Rasmiy til(lar)
Hukumat Hamdo`stlig
 •  Rohib   Qirolicha Elizabet II
 •  Gubernator-General   Ser Paulias Matane
 •  Bosh Vazir   Ser Michael Somare
Mustaqillik   BMT vasiylikdagi Avstraliya ma'muriyatidan
 •  Sana   16 sentabr 1975
Maydon  
 • Butun 462,840 km² (54-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 5,545,268 (107- oʻrin)
 • Zichlik 11/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$13,350 mil. (129-)
 • Jon boshiga AQSh$2,407
Pul birligi Kina (PGK)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma PP
Internet domen .pg
Telefon prefiksi +675

Papua Yangi Gvineya (Papua New Guinea), Papua Yangi Gvineya Mustaqil Davlati (Independent State of Papua New Guinea) poytaxti — Port Moresby shahri. BMT aʼzosi. Okea-niyada, Tinch okeanning jan.-sharqiy qismida joylashgan davlat. Gʻarbda Indoneziya bilan chegaradosh, qolgan qismi dengizlar bilan oʻralgan. P.—YA.G. tarkibiga Yangi Gvineya o.ning sharqiy qismi va unga yondosh orollar, Bismark arxipelagi, Solomon o.larining shim. kis-mi, D’Antrkasto o.lari, Luiziada arxipelagi, Trobrian o.lari, Murua o. va boshqa 200 ga yaqin katta kichik orollar ki-radi. Umumiy maydoni 462,8 ming km². Axoliyey 5,172 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 20 viloyat (province)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

P.—YA.G. — parlamentli monarxiya, Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1975 i. 16 sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi); hukumatning takdimiga binoan va parlamentning qaroriga muvofiq tayinlanadigan general-gubernator uning nomidan ish koʻradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh va-zir boshchiligidagi Milliy ijroiya kengash (hukumat) amalga oshiradi.

Aholisining aksariyati papuaslar, melanezlar, shuningdek, yevropaliklar, asosan, ingliz-avstraliyaliklardan iborat. Rasmiy tili — ingliz tili. Koʻpchilik dindorlari — xristianlar, qolganlari mahalliy anʼanavii dinlarga eʼtiqod qiladi, ammo aholining koʻpchiligi papuas tillarida, melanezlar malay-polinez tilida soʻzlashadi, guruhlararo muomalada motu tilidan foydalaniladi. Aholining koʻp qismi qishloq joylarda, borish qiyin boʻlgan olis qishloklarda yashaydi. Shu sababli mamlakatda urf-odat va tillar juda koʻp (700 dan ortiq). Qishloq joylarda anʼanavii turmush tarzi saqlanib qolgan.

Tarixi[tahrir]

Yangi Gvineyaga 16-asrning 1yarmida portugal dengizchi sayyoxlar kelganlar. 1884 yil Yangi Gvineya o.ningjan.sharqiy qismi Angliya protektoratiga aylantirildi va u Papua nomini oddi, 1888 yil Buyuk Britaniya mustamlakasi deb eʼlon qilindi, 20-asr boshlarida Avstraliya Ittifoqiga topshirildi. 1920 yil orolning Germaniya protektorata boʻlgan shim.-sharqig qismi (Yangi Gvineya hududi) ham, Millatlar Ittifoqining mandatiga binoan, Avstraliya Ittifoqi boshqa-ruviga olib berildi. 1949 yil Avstraliya hukumati uning ikkala qismini maʼmuriy jihatdan birlashtirdi va mamlakat P.—YA.G. nomini oddi. 1973 yil P.—YA.G. ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga ega boʻldi. 1975 yil 16 sentabrda esa mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. P.—YA.G. 1975 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16 sentabr — Musta-qillik kuni (1975).

Xoʻjaligi[tahrir]

Qishloq xoʻjaligi va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 26%, sanoatning ulushi 26,6%. Asosan, kokos palmasi, kauchuk, banan, kofe, kakao yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun aholi yams, taro, maniok, makkajoʻxori, batat, shakarqamish ekadi; yovvoyi tarzda oʻsadigan non daraxti, saga palmasi va boshqa oʻsimliklar mevasini yigʻishtirib oladi. Goʻshtbop chorvachilik, baliq ovlash rivojlangan, yogoch tayyorlanadi. Oziqovqat va yogʻochsozlik sanoati mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Mis (koʻproq Solomon o.larida), oltin, kumush, rux kazib oli-nadi. Avtomobil yoʻllari uz. 20 ming km ga yaqin. Chetga oltin, kofe, mis, kopra, yogʻoch-taxta, kakao chikaradi. Chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, sanoat mollari oladi. Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — kina.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Melanez ittifoqi, 1978 yil asos solingan; Xalq harakat partiyasi, 1985 tuzilgan; Xalq ilgʻor partiyasi, 1970 yilda tashkil etilgan; Xalq-demokratik harakati, 1985 yil asos solingan; Milliy partiya, 1979 yil tuzilgan; Pangu Pati ("Birlashgan P.—YA.G. partiyasi"), 1967 yil tashkil etilgan; P.—YA.G. birinchi partiyasi, 1998 yil asos solingan. P.—YA.G. kasaba uyushmalari kongressi, Xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Gaz.lari "Niugini nius" ("Yangi Gvineya yangiliklari", mahalliy tildagi kundalik gaz., 1979 yildan), "Neshnl" ("Milliy", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1993 yildan), "Papua— Nyugini postkuryer" ("Papua— Yangi Gvineya pochta kuryeri", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1969 yildan). P.—YA.G. milliy radioeshittirish korporatsiyasi tijorat mahkamasi boʻlib, 1973 yil asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.