Antarktida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antarktida dunyo xaritasida ajralib koʻrsatilgan.

Antarktida Yer sayyorasining eng janubiy qitʼasidir. Yuzasi — 14 400 000 km² (shundan 98 foizi muz bilan qoplangan), aholisi (nomuntazam) — 1 000 kishi. Janubiy Qutb shu qitʼada joylashgan. Antarktidadagi «Vostok» stansiyasida eng quyi harorat, −89 °C oʻlchangan.[1]

Antarktida — Antarktika Jan. kutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Mayd. 12,4 mln. km2, 541shelf muzliklari va ular orqali mate-rikka tutashgan orollar bilan birgalikda 13,975 mln. km2. Doimiy aholisi yo‘q. O‘rtacha bal. 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort tog‘idagi Vinson cho‘qqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. A. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining jan. qismlari (Jan. oke-an) bilan o‘ralgan. Qirg‘oq chizig‘i deyarli tekis va uz. qariyb 30 ming km, ko‘pincha bir necha o‘n m keladigan tik muz jarli-klaridan iborat. Materikka Ross va Ued-dell dengizlari ancha kirib turadi.Muz qoplami va relefi. A.ning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxm. 13,0 mln. km2). Muzning o‘rtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Muzliklarning hajmi taxm. 24 mln. km3. Yer sharidagi hoz. muzliklar-ning maydoni jihatdan 87% A.dadir. Muzdan xoli yerlar voha ko‘rinishida uchraydi. Aksari kutbiy ilmiy stansiyalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atro-figa siljib, dengizga tushib boradi va ko‘pincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy stansiyasi yaqinida muzning yillik harakati 30 — 40 m dan 350 — 400 m gacha. Baʼzi joylarda muzliklarning uchlari dengizga o‘nlarcha km kirib boradi. Muz ostidagi relef chuqur bo‘lgan joylarda muz ayniqsa tez siljiydi. Eng yirik muzliklar Viktoriya Yeri tog‘ tizmasida-dir. Birdmor muzligining uz. 180 km, eni 15 — 20 km. Bir-biriga yaqin bo‘lgan muz tillari orasida siljimaydigan muzlar — shelf muzliklari hosil bo‘lgan. A.da 14 ta shelf muzligi bor (eng yirigi Ross muzligi — 488 ming km2); bu muz-liklarning umumiy mayd. taxm. 900 ming km2. A. relefi 3-Xalqaro geofizika yi-liga qadar yaxshi o‘rganilmagan edi. Ros-siya, Angliya va Amerika A. ekspeditsiyala-rining ishlari natijasida A. yer yuzasi dengiz sathidan ("Polyus nedostupno-sti" stansiyasi yaqinida) 800 m, geofizik qutbda 1285 m (Amundsen-Skott stansiyasi) balandlikda, biroq Litl-Amerika — Berd stansiyalari oraligi dengiz sathidan 1000 m past ekanligi aniqlandi. Antar-ktida ekspeditsiyalarining maʼlumotiga qaraganda, muz qoplamining eng baland joyi taxm. 4000 m bo‘lib, Sovetskoye pla-tosi yaqinidadir. A. — yer yuzasi juda past-baland materik bo‘lib, juda ko‘p orollar bilan o‘rab olingan. Geologik tu-zilishi va relefi xususiyatlariga ko‘ra, A. Ueddell hamda Ross dengizlarining jan. qismlarini birlashtirib turadi-gan chiziq bo‘ylab Sharqiy A. va G‘arbiy A.ga bo‘linadi.Sharqiy A.ning ko‘p qismi (butun ma-terikning taxm. 3/4 qismi) yaxlit bo‘lib, xdmma joyi deyarli bir xil. Kembriy davridan oddin paydo bo‘lgan zaminning kristalli jinslari (granit, gneys, kri-stall slanes) ustida ancha yosh cho‘kindi yotkiziklar (devon davridan trias davri-gacha paydo bo‘lgan jinslar) — qumtosh, ohaqtosh va slaneslar yotadi, bu yerlarda katta toshko‘mir konlari bor (Viktoriya Yeri). Boshqa foydali qazilmalardan te-mir rudasi, slyuda, mis, qo‘rg‘oshin, pyx, 20° Grinvichdan g‘arbga 0° Grnnvich-dan sharqqa 20’ grafit va b. ham kad. jinslar bilan bog‘liq; Yer po‘stining si-nishi va yorilishi hamda yovdosh joylar-ning ko‘tarilishi va pasayishi Sharqiy A.ning hoz. relefini hosil qilgan. Yer po‘sti yorilganda kuchli vulkanlar ot-ilib bazalt, tuf qoplamlari (Qirolicha Mod Yeri) va vulkan konuslarini hosil qilgan (Gaussberg tog‘i). Vulkan otilish-lari hozir ham tingan emas (Ross o.dagi Erebus vulkani — 3794 m). Sohillarda muz qalqonini bir necha joyda tog‘ tiz-malari yorib chiqadi: Brittaniya (3209 m), Qirolicha Aleksandra tog‘i (4572 m), Markem tog‘i (4350 m), Nyu-Shvabenlend tog‘lari bor. G‘arbiy A. (Ross dengizi-ning g‘arbiy sohilidan Greyam Yerigacha)ning ko‘p qismi tokembriy Antarktida platformasidan iborat bo‘lib, ancha key-in paydo bo‘lgan burmali tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.Iqlimi. A.da sohillarini is-tisno qilganda, kontinental qutbiy 542iqlim hukmron: t-ra hamma vaqt 0° dan past bo‘ladi va yog‘in juda kam yog‘adi. Yer yuzasi muzlikdan iborat hamda baland bo‘lganidan havo massalari antitsiklon rejimini hosil qiladi. Yoz, kuz payt-larida materik chekkalarida siklonlar paydo bo‘lib, ichki r-nlarga ham kirib bo-radi. Yozda (dek., yanv., fev.) A.da bulutsiz kunlar ko‘p bo‘ladi, shuning uchun quyosh nisbatan ko‘proq ilitadi, lekin quyosh nuri muzdan ko‘p qaytadi (o‘rta hisobda 90%), oqibatda quyosh issiqligi Shim. yarim sharning xuddi shu kengliklarida-giga nisbatan 4 — 5 marta kam. Materik-ning markaziy qismida eng sovuq oylar-ning o‘rtacha t-rasi — 60°, —70°, yoz oy-lariniki — 30° dan —50° gacha; sohilda qishda — 8° dan — 35° gacha, yozda 0 — 5° bo‘ladi. O‘rtacha yillik t-ra — 50° ga yaqin. Mutlaq minimum — 89,2° (Vostok stansiyasi). Bu esa butun Yer sharida eng past tradir. Yer yuzasi sovuq va atrofdagi den-gizlar iliqroq bo‘lganidan tez-tez kuchli shamollar bo‘lib turadi (baʼzan shamol tezligi sekundiga 90 m ga boradi).Yog‘in eng ko‘p (700 — 1000 mm) yog‘adigan zona dengiz sohili bo‘lib, eni 15 km ga yetadi: ichki r-nlarda yiliga ati-gi 30 — 50 mm yog‘in tushadi. Iliq payt-larda ham ko‘pincha qor yog‘adi. Havoning nisbiy namligi o‘rta hisobda 73 — 78%.O‘simliklari. O‘simlik turlari (li-shayniklar, zamburug‘lar, bakteriya va suvo‘tlar) kam va o‘ziga xos, ammo ular materikning eng sovuq joylarida ham uchraydi.Hayvonlardan tyulenlar (ueddell tyuleni, qisqichbaqaxo‘r tyulen, dengiz qoploni, ross tyuleni, dengiz fillari) va qushlardan pomornikning ikki turi, adeli va imperator pingvinlari uchray-di.Tadqiq qilinish tarixi. 1820 y.da A. qirg‘og‘iga F. F. Bellinsgauzen — M. P. Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsi-yasi kemalari yaqinlashib borgan. Mate-rikning umumiy qiyofasi 19-a.da harita-ga tushirilgan. A.da 1898 — 1900 y.larda norveg tadqiqotchisi K. Borxgrevink bi-rinchi marta (Viktoriya Yerida) qishlagan. 20-a. boshlarida qutb tadqiqotchilari R. Skott (1901 — 04, 1910 - 12), E. Shek-lton (1907 -09), R. Amundsen (1910 - 12), D. Mouson (1911 — 13) va b. materik-ning ichki r-nlarigacha bordilar. 1909 y. 16yanv.da Sheklton ekspeditsiyasi kat-nashchilari Jan. magnit qugbiga, 1911 y. 11 dek.da R. Amundsen, 1912 y. 18 yanv.da esa R. Skott Jan. geografik qutbga yetib bordilar. 1928 y.dan A. samolyotlar yor-damida o‘rganila boshladi. Ani o‘rganish sohasida amerikalik J G. Uilkins (1928 — 30), ingliz L. Elsuort (1935 -36, 1938 - 39), amerikalik R. E. Berd (1928 — 30; 1933 — 35; 1939 — 41; 1946 — 47) va Finn Ronne (1946 — 48) anchagina ish qildilar.Xalqaro geofizika yili (1957 — 58) munosabati bilan va so‘nggi davrlarda turli mamlakatlarning ilmiy qutbiy stansiyalari qurilgan, 1991 y.ga kelib 48 ta ilmiy stansiya ishlab turdi. [2]

Manbalar[tahrir]

  1. Coldest spot on Earth
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]