Dominika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dominika Hamjamiyati
Commonwealth of Dominica
ShiorAprès le Bondie, C'est la Ter
(Fransuzcha Patois: Hudodan keyin, Zamin)
Madhiya: Isle of Beauty, Isle of Splendour
Location of Dominika
Poytaxt Rozo
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Nikolas Liverpul
Roosevelt Skerrit
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
3-noyabr 1978
Maydon
• Butun
754 km2 (187-oʻrin)
• Suv (%)
1.6
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
69,029 (204-oʻrin)
• Zichlik 91/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$384 mil. (209-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,563
Pul birligi East Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt mintaqasi UTC–4
• Yoz (DST)
UTC–4
Qisqartma DO
Telefon prefiksi 1 767
Internet domeni .dm

Dominika (Dominica), Dominika Hamdoʻstligi (The Common-wealfh of Dominica) — Dominika oroldagi davlat. Maʼmuriy jihatdan 10 tumanga boʻlinadi. Mayd. 749,8 km2. Aholisi 74,2 ming kishi (1999). Poytaxti — Rozo shahri.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dominika Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kirgan respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1978 yil 30 noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1998 yildan V. Shou). U Majlis palatasi (bir palatali parlament) tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan prezident lavozimiga faqat bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis palatasi, ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident Majlis palatasi aʼzolari orasidan tayinlaydi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi 1447 m (Dyabloten vulkani). Iqlimi tropik va nam, ammo shim,sharqdan esuvchi passat shamoli tufayli issiq unchalik sezilmaydi. Oʻrtacha oylik temperatura 25—27°. Yillik yogʻin miqdori 1500–2500 mm, iyuldan sentabrgacha baʼzan dovullar boʻlib turadi. Togʻlardan yamyashil oʻrmonlar oralab koʻpgina mayda soy va daryolar oqib tushadi, goʻzal sharsharalar koʻp, ularning eng chiroylisi Rozo sh.dan 8 km naridagi Trafalgar sharsharasidir. Mamlakat koʻkatlar, ayniqsa butazorlar, bambuk va turli palmalarga boy. Issiq buloklar, MornTrua-Piton milliy bogi bor.

Aholisi, asosan afrikalik domini-kaliklar. Ingliz va fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili, maqalliy kreol tili keng yoyilgan. Dindorlar orasida katoliklar koʻpchilikni tashkil etadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dominikani 1493 yilda X. Kolumb kashf etgan. Uzoq vaqt fransuzlar bilan inglizlar oʻrtasida talash boʻlib keldi. Parij shartnomasiga binoan 1763 yildan uzil-kesil Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1958— 62-yillarda VestIndiya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1967 yil 1 martdan "Buyuk Britaniya bilan uyushgan davlat" maqomini oldi. 1978 yil iyulda Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada Dominika konstitutsiyasi ishlab chiqildi va unga mustaqillik berish haqida qaror qabul etildi. Oʻsha yil 3 noyabrda Dominika mustaqilligi eʼlon qilindi. Dominika— 1978 yildan BMT aʼzosi. Milliy bay-rami — 3 noyabr— Mustaqillik kuni (1978).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Dominika leyboristlar partiyasi, 1985 yilda tuzilgan; Dominika mehnatkashlari birlashgan partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Dominika Ozodlik partiyasi, 70-yillarning boshlarida tuzilgan; Dominika taraqqiyparvar partiyasi, 1990 yilda asos solingan. Fuqaro xizmati ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1940 yilda tuzilgan; Dominika ishchilari birlashgan ittifoqi, 1960 yilda asos solingan; Dominika kasaba uyushmasi, 1945 yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 25%, sanoatning ulushi 7,9%. Yerning koʻp qismini, ayniqsa sohillarni bananzorlar, kokos palmalari, sitrus mevalar, kakao, mango, tamaki, tokzorlar egallaydi.

Chorvachilik sust rivojlangan. Ishchi kuchining salkam 40% qishloq va oʻrmon xoʻjaligida, baliqchilikda band. Dominika sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlovchi mayda korxonalardan iborat. Turli meva sharbatlari va konservalari, kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi), sovun, efir moyi va sigara ishlab chiqariladi. Ozroq miqdorda toʻqimachilik mahsulotlari, mahalliy yogʻochdan taxta va fanera ham tayyorlanadi. Jil-vir tosh va ohak tosh qazib olinadi. Xorijiy sayyohlik yaxshi daromad kel-tiradi. Ishchi kuchining 20% shu tar-moqda band. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 756 km. Xalqaro aeroport va dengiz porti bor. Chetga banan, meva sharbatlari va konservalari, sitrus mevalar, kopra, kakao va sovun chiqariladi. Chetdan oziq-ovqat, yoqilgʻi, turli asbobuskunalar, transport vositalari keltiriladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Karib hamdoʻstligidagi mamlakatlar. Pul birligi — Sharqiy Karib dollari.

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dominikada katta yoshdagi aholining savodxonlik darajasi — 95%. Ped. ilmiy tadqiqoti mavjud. Dominikada "Ofishl gazett" ("Rasmiy gazeta", hukumat haftanomasi), "Nyu kronikl" ("Yangi xabarlar", haftalik gazeta, 1909 yildan) gazetalari nashr etiladi. "Dominika brodkasting korporeyshn" hukumat radioeshittirish mahkamasi mavjud. Kabel telekoʻrsatuvi ishlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil