Mars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Mars  Mars astronomik ramzi
Mars sayyorasi
Mars.
Mehvar tasnifi
Katta yarim oʻqi 227,936,637 km
1.52366231 AB
Perimetri 1,429,000,000 km
9.553 AB
Ekssentrisiteti 0.09341233
Perigeliy 206,644,545 km
1.38133346 AB
Afeliy 249,228,730 km
1.66599116 AB
Siderik davri 686.9600 kun
(1.8808 Yer yili)
Sinodik davri 779.96 kun
(2.135 Yer yili)
Oʻrtacha orbital tezligi 24.077 km/soniya
Eng katta orbital tezligi 26.499 km/soniya
Eng kichik orbital tezligi 21.972 km/soniya
Chekinish 1.85061°
(5.65° (Quyosh ekvatoriga nisbatan))
Orbital tugun uzunligi 49.57854°
Perigeliy argumenti 286.46230°
Tabiiy yoʻldoshlari soni 2
Quyoshdan uzoqlik masofasi 1.52 AB
 
Fizik tasnif
Ekvatorining diametri 6,804.9 km
(0.533 (Yer))
Qutbiy diametri 6,754.8 km
(0.531 Yer)
Siqiqligi 0.00736
Maydoni 144,798,465 km2
(0.284 (Yer))
Hajmi 1.6318×1011 km3
(0.151 (Yer))
Massasi 6.4185×1023 kg
(0.107 (Yer))
Zichlik 3.934 g/sm3
Tortish kuchi (ekvatorda) 3.69 m/s2
(0.376 g)
Birinchi kosmik tezlik 5.027 km/s
Siderik sutka 1.025957 kun
(24.622962 soat)
Aylanish tezligi 868.22 km/soat
(ekvatorda)
Ekliptikaga ogʻish burchagi 25.19°
Rektassenziya
(Shimoliy qutb uchun)
317.68143°
(21 soat 10 daq 44 s)
Deklinatsiya 52.88650°
Albedo 0.15
Sirtidagi harorat
- min
- oʻrta
- max

133 K (−140 °C)
210 K (−63 °C)
293 K (20 °C)
 
Atmosfera tasnifi
Atmosfera bosimi 0.7–0.9 kPa
Karbonat angidrid 95.32%
Azot 2.7%
Argon 1.6%
Kislorod 0.13%
Uglerod monoksidi 0.07%
Suv bugʻi 0.03%
Azot oksidi 0.01%
Neon 0.00025%
Kripton 0.00003%
Ksenon 0.000008%
Ozon 0.000003%
Metan 0.00000105%
tahrir

Mars, Mirrix[1]Quyosh sistemasiga kiruvchi 9 ta katta sayyoralardan biri. Marsning Quyoshdan oʻrtacha uzokligi 227,94 million km, orbitasi Quyoshga nisbatan Merkuriy, Venera va Yer orbitalaridan keyin 4 oʻrinda joylashgan. Orbita tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi t= 1,85°. M.ning oʻrtacha radiusi 3388 km, massasi 6,4–1023 kg , uning Quyosh atrofida siderik aylanish davri 686,730 sutka va oʻz oʻqi atrofida aylanish davri esa 24 soat 37 min. 23 s. Orbitasining ekssentrisiteta kattaligi (ye = 0,0934) tufayli Quyoshgacha boʻlgan masofasi 40 mln. km atrofida uzayib va qisqarib turadi. Sayyora ekvatorining oʻz orbitasi tekisligiga ogʻmaligi (24°48’) boʻlganligi uchun fasl oʻzgarish hodisasi kuzatiladi. M. Yerdan uzoqligi boʻyicha Oy va Veneradan keyin 3 oʻrinda turadi.

M.ning Yerga eng yaqin kelish davrlari M.ning roʻpara turishi deb ataladi. Bunda M. va Yer Quyosh markazidan oʻtadigan bir toʻgʻri chiziq yaqinida joylashgan boʻladi. Bu taxminan har 780 sutkada bir marta takrorlanib turadi. M. bilan Yer orasidagi masofa eng kichik boʻlgan paytlarini M.ning buyuk roʻpara turishi deyiladi. U har 15—17 yilda takrorlanib turadi. Bunda M. bilan Yer orasidagi masofa 60 mln. km dan ortmaydi. Bunday vaqtlarda M.ni teles-koplar yordamida kuzatish juda qulay hisoblanadi.

Teleskoplarda koʻrinadigan M.ning sathi qizgʻishsariq va qoramtir sohalari "dengizlar", yorugʻ sohalari "qitʼalar" va qutblari yaqinidagi oq dogʻlari M.ning qutb "qalpoklari" deb nomlanadi.

M. sirtining birinchi haritalari 19-asr oʻrtalarida chop etilganligiga qaramay, uning aniq haritasi "Mars" va Mariner kosmik apparatlari yordamida olingan fotosuratlar asosida tuzilgan.

1877 yilda italyan astronomi Skiaparelli M. sirtida kuzatgan qoramtir toʻgʻri chiziqlar, u oʻylagan "kanallar" boʻlmay, aslida ketma-ket joylashgan mayda qora dogʻlar ekanligi aniqlandi. Kosmik apparatlar M.ning sirtida diametri 5 km dan kam boʻlgan juda koʻp kraterlar borligini ham aniqladi. M.ning qugb qal-poqlari ikkita — pastki, yaxlagan suv (N2O) dan iborat muzliklardan va sirtqi, qalinligi uncha katta boʻlmagan (qishda paydo boʻlib, yozda erib ketadigan) karbonat angidridi (SO2) dan iborat qatlamlardan tashkil topgan. M.nyng ichki tuzilishini aks ettiruvchi matematik modellarga asosan sayyora toʻrtta: radiusi 1700 km li yadrodan, qalinligi 560 km li pastki va qalinligi 1110 km li mantiyadan hamda qalinligi 30 km boʻlgan tashqi qobiq qismlardan iborat. M.da temirga boy jinslar koʻp. M. atmosferasida karbonat angidridi (SO2) uning asosiy (95%) qismini, ogʻir va kimyoviy noaktiv gazlar (N2 — azot, O2 — kislorod, SO — is gazi, N2O — tindirilgan suv va boshqalar) tashkil etadi. M. atmosferasining harorati sayyora sirtiga yaqin joylarda 210 K ga teng . M. atmosferasidagi bulutlar va shamollar harakati hamda tezligi ham yaxshi oʻrganilgan. M.da radionurlanish va magnit maydon mavjud. Uzoq yillar davomida M.ni teleskoplarda kuzatish va keyingi vaqtlarda qator kosmik apparatlar yordamida undagi shart-sharoitlarni tekshirish "M.da hayot boʻlganmi, hozir tirik mavjudotning qaysi koʻrinishi boʻlishi mumkin?" — degan savollarga uzil-kesil javob topishni yaqinlashtirmoqda.

M.ning 2 ta tabiiy yoʻldoshi Fobos va Deymos bor. Ular 1877 yilda kashf etilgan boʻlib, ekvatorial tekislikda M.dan 9,37 ming km va 23,52 ming km masofada aylanadi, davrlari esa 7 soat 40 min. va 3 soat 21 min. Fobos va Deymos 1971 yil "Mariner-9" kosmik kemasi yordamida suratga olingan. Fobosning oʻlchamlari 26x21x18 km, Deymosniki esa 14x12x10 km. Ular juda katta harsang toshlardir.[2]

Mars — Yer guruhidagi planeta boʻlib, tartibi boʻyicha Quyoshdan soʻnggi 4-planetadir. Uning diametri 6786 km, massasi Yernikidan 9 marta kichik va oʻrtacha zichligi 3,9 g/sm3 ga teng. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 227,9 mln. km. Oʻz oʻqi atrofida aylanishining siderik aylanish davri 24 soat 37 minut 23 sekundga teng. Sinodek aylanish davri 687 Yer sutkasiga teng boʻlib, oʻz orbitasining ekliptikaga qiyaligi 1051/ va uning ekvatorining orbita tekisligiga ogʻmaligi 250 burchak ostida harakatlanadi. Orbitadagi oʻrtacha tezligi 24,1. Mars tashqi planetalar guruhiga kiradi, shuning uchun uni koʻrish Merkuriy va Veneradan koʻra qulayroqdir. Vaqti bilan Mars roʻpara turib qoladi, bu vaqtda u Yerga eng yaqin masofaga keladi. Ammo, har safargi roʻpara turishlar Mars Quyosh atrofidan ellips shaklida harakatlanganligi uchun, har xil masofada boʻladi. Mars oʻz orbitasining perigeliyi yaqinida boʻlganda hosil boʻlgan roʻpara turish buyuk roʻpara turish deyilib, bu holda Mars Yerga eng yaqin boʻladi. Buyuk roʻpara turish 15 va 17 yilda bir marta takrorlanadi. Roʻpara turishlar paytida Marsning Yerdan uzoqligi 55 mln. km dan 100 mln. km gacha oʻzgaradi. Buyuk roʻpara turish paytida 55 mln. km va Mars afeliyda boʻlgan holdagi roʻpara turishda 1000 mln. km boʻladi. Oxirgi buyuk roʻpara turish 1993 yilda boʻlgan edi, navbatdagisi 2009 yilda boʻladi. Oddiy koʻzga Mars yorugʻ qizgʻish yulduz singari koʻrinadi. Bu planeta alohida eʼtiborga sazovordir. Chunki u oʻzining baʼzi xususiyatlari bilan Yerga oʻxshaydi. Mars sirtida teleskop yordamida qaralganda oq qutb qalpoqlarini, toʻq sariq, qizil rangdagi Mars „choʻllari“ fonida qora dogʻlar „dengizlar“ni payqash mumkin. Marsni kuzatishlar u oʻz oʻqi atrofida deyarli Yer oʻz oʻqi atrofida aylangan vaqt ichida aylanishini koʻrsatdi. Planetaning aylanish oʻqi orbita tekisligiga oʻtkazilgan perpundikulyar bilan taxminan 250 burchak tashkil qiladi. Buning natijasida Marsda Yerdagi singari yil fasllari almashib turadi, ammo Marsning „yili“ Yerning yilidan deyarli ikki marta uzoqroq boʻlganidan, har bir yil fasli ham deyarli ikki marta uzoqroq boʻladi. Mars atrofi orbitasiga chiqarilgan avtomatik stansiya laboratoriyalari Yerdan yuborilgan komandaga muvofiq planetaning sirtini fotosuratga oldi va mavjudligi ancha oldin isbotlangan atmosferasini oʻrgandi. Planeta atmosferasining nihoyatda siyrakligi va undagi bosim Yer atmosferasidagi bosimga qaraganda taxminan 100 marta kamligi maʼlum boʻldi. U asosan karbonad angidriddan 96 foiz, azot 3,2 foiz argon 1,6 foizdan iborat boʻlib, unda kislorod va suv bugʻlari juda oz. Marsga qoʻndirilgan kosmik apparatlar bergan maʼlumotiga va uning yaqinidan turib olingan fotosuratga asoslanib Mars sirtining mukammal kartalari tuzilgan. Mars Oy va Merkuriy singari kraterlar bilan qoplangan. Planeta sirtida uning tuprogʻini avtomatik stansiyalar yordamida olib borilgan tekshirishlar Mars jinslarining Yer va Oy jinslarga oʻxshashligi, mazkur jinslarning qizgʻish rangi esa, unda temirning gidrat oksidlari borligi haqida xulosa chiqarishga olib keldi. Marsda magnit maydoni bor, demak uning yadrosi suyuq jismdan iborat ekan. Marsning magnit maydoni Yernikiga qaraganda ancha kuchsiz. Planetaning ikkita Fobos va Deymos („qoʻrqinch“ va „dahshat“) nomini olgan yoʻldoshlari bor. Bu yoʻldoshlarning oʻlchamlari Fobos 27x21x19 km va Deymos 15x12x11 km; Fobosning planeta atrofidan aylanish davri 7 soat 39 minutdir. Marsdan uzoqligi 9400 km. Deymosning aylanish davri 30 soat 17 minutga teng boʻlib planetadan 23400 km uzoqda joylashgan.

Tadqiqotlar[tahrir]

Mars 20 asrdan beri chuqur o‘rganib kelinayotgan bo‘lsa ham ilk marta Mars yuzasini kavlash 2013-yil „Curiosity“ marskezarida joylashtirilgan parmalash uskunasi orqali amalga oshirilgan. Ushbu uskuna Mars yuzasini bor-yo‘g‘i 3-5 sm chuqurlikda parmalay olgan. AQSHning Marsdagi omadli missiyalaridan ruhlangan boshqa davlatlar ham o‘zining Mars dasturlari ustida ishlay boshlashdi. 2003-yil Buyuk Britaniya o‘zinig Bigl-2 apparatini Marsga qo‘ndirdi. Ammo qo‘yosh panellari joylashgan qanot to‘liq yoyilmagani tufayli apparat ishdan chiqdi. Yevropa Ittifoqi 2016 yil Skiaparelli apparatini Mars yuzasiga yumshoq qo‘ndirolmagani tufayli apparat halok bo‘ldi va missiya tugutildi[3].

2021-yilning 18-fevralida NASAning „Perseverance“, ya’ni „Qat’iyat“ nomli navbatdagi marskezari qizil sayyora sirtiga muvaffaqiyatli qo‘ngan edi. Endi u Marsga o‘zi bilan olib kelgan vertolyot-dronni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Parvoz 11 aprelga rejalashtirilgan va bu, shubhasiz, aprel oyining eng e’tiborli ilmiy-kosmik voqeasi bo‘ldi. Marsda uchiriladigan ilk vertolyotga „Ingenuity“, ya’ni „Topqir“, (yana bir ma’nosi „Ixtirochilik“) deb nom berilgan.

Ushbu vertolyot parvozi nimasi bilan ahamiyatli va tarixiy bo‘ladi? Gap shundaki, kosmik tadqiqotlar tarixida ilk bor koinot tadqiqot apparati reaktiv tayanch bilan emas, balki «muallaq uchish», ya’ni boshqariladigan atmosfera parvozini amalga oshirishi kutilmoqda. Sxematik chizmasiga qaralsa, „Ingenuity“ ko‘proq dron-kopterlarga o‘xshaydi. U Yerda 1,8 kg vaznga ega bo‘lgan. Lekin Marsda u Yerdagi vaznining atiga 38 foiziga ega bo‘ladi xolos va bu degani, apparat-dron u yoqda taxminan 680 grammga teng demakdir. Marsning o‘ta siyrak atmosferasida parvoz uchun bu vazn eng optimal vazn bo‘lishini NASA muhandislari hisoblab chiqishgan.

„Ingenuity“ – shunchaki o‘zga sayyorada uchadigan vertolyot emas. U bir vaqtning o‘zida kosmik apparat hamdir. U o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydi va juftlikdagi sherigi – «Perseverance» marskezari bilan simsiz aloqa orqali sinxronlanib parvoz qiladi. Dronning parvozi unchalik uzoq bo‘lmaydi. U ko‘pi bilan 10 metr yuqoriga uchadi va „Perseverance“dan 300 metrdan nariga ketmasligi kerak bo‘ladi. Unga biror-bir ilmiy apparatura o‘rnatilmagan, faqat kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, «Perseverance» uchun yuqoridan turib ma’lumot yig‘ishga va joy topografiyasini o‘rganishga yordam beradi. Dron umuman olganda, zamonaviy smartfonlardagi kabi apparat ta’minoti bilan jihozlangan (hatto ba’zi smartfonlarning prosessor va operativ xotirasi „Ingenuity“nikidan kuchliroq), u „Linux“ bazasida ishlaydi va oddiy litiy-ion batareykasidan enegriya oladi. Batareykani esa parraklarning yuqori sirtiga o‘rnatilgan quyosh panellari zaryadlaydi.

Umuman olganda, „Ingenuity“ vertolyotining hozirgi missiyadagi asosiy maqsadi – „Perseverance“ uchun keyingi harakat yo‘nalishini aniqlashda yordam berishdan iborat. Dastlabki sinov parvozida „Ingenuity“ 3 metr yuqoriga 1-1,5 daqiqa davomida parvoz qilib, biroz muallaq turishi kerak bo‘ladi. NASA ushbu tajriba parvozi orqali, mazkur texnologiyaning imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi va keyingi Mars missiyalarida bunday dronlardan foydalanishning istiqbollarini baholaydi.

Agar hammasi risoladagidek ketsa, Qizil sayyoraga keyinchalik «Ingenuity»ning davomchilari bo‘lgan boshqa uchish apparatlari yo‘l oladi. Bunday turdagi apparatlar orqali esa kosmik jismlarni tadqiq qilish yanada osonroq va qiziqroq bo‘ladi. Chunki marskezarlar sirtda yurgani bois, to‘siqlarga va gurunt tarkibiga nisbatan himoyasiz (masalan, „Spirit“ qumloqqa botib qolib ishdan chiqqan) hisoblanadi. Uchish apparatlari esa sirtdagi to‘siqlarni pisand qilmay, sayyorani yanada tezkorroq va aniqroq tadqiq qilishi mumkin bo‘ladi. Ingenuity „avlodlari“ Marsning marskezarlar yetib bora olmaydigan joylariga bemalol uchib borib, ilm-fan uchun yangi-yangi ma’lumotlarni yig‘ib bera oladi deb umid qilinmoqda[4].

Ob-havo[tahrir]

NASA Marsdagi Jezero krateri ob-havosini oʻrgandi. Marsda o‘rnatilgan «Perseverance» kosmik qurilmasi MEDA (Marsdagi haroratni o‘lchovchi tizim) tizimidan foydalanib, sayyoradagi havo harorati, radiasiya va shamol haqida ma’lumot yuborgan. U yarim daqiqa davomida sayyoradagi haroratni o‘lchagan.

Ta’kidlanishicha, har yarim soatda harorat 5 darajaga tushishi kuzatilgan va sayyora sirtining harorati 20 daraja sovuqdan 25 daraja sovuqqacha tushgan. Havo bosimi 718 paskalni tashkil qilgan. Shu bilan birga, Marsning Jezero krateri Geyla krateriga nisbatan tozaligi aniqlangan[5].

Marsni o‘rganishi rejalashtirilgan birinchi vertolyot[tahrir]

Amerikaning «Perseverance» kosmik qurilmasining pastki qismiga o‘rnatilgan «Ingenuity» vertolyoti 2021-yil aprel oyida Mars sayyorasiga qo‘ndi. Og‘irligi taxminan 1,8 kilogramm bo‘lgan vertolyot boshqa sayyorada uchgan birinchi qurilmaga aylanadi. Uning ta’kidlashicha, mutaxassislar qurilmaga o‘rnatilgan kameralar yordamida vaziyatni tasvirga oladi. Bu, o‘z navbatida, sayyoraning kosmosdan kuzatilishi qiyin bo‘lgan ba’zi joylari haqida ma’lumot to‘plashga imkon beradi. Parvoz vaqtida qurilma dastlab taxminan 3 metr, keyinchalik 5 metr balandlikka ko‘tariladi. Qurilma parvozi kamida Yer vaqti bilan 31 kun davom etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilmaning narxi taxminan 80 million dollarga teng[6].

Rejalar[tahrir]

Marsda quriladigan ilk shahar loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ilk shahar poytaxti Nyuva deb nomlanuvchi 5 ta kichik shaharchadan iborat bo‘ladi. Aholini atmosfera bosimi va nurlanishdan himoya qilish maqsadida uylar hamda boshqa binolar toshdan quriladi. Shahar yashil maydonni o‘z ichiga oladi. Kislorod, asosan, o‘simliklar tomonidan ishlab chiqariladi, oziq-ovqat 90 foiz o‘simliklardan iborat bo‘lib, energiya quyosh batareyalaridan olinadi.

„Biz hisob-kitoblarga asoslangan holda ko‘plab tahlillar o‘tkazdik, olimlar bilan ishladik. Ammo, shunga qaramay, oldimizda hamon hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘p. Ulardan biri — Mars sharoitiga xos bo‘lgan tortishish kuchi. Sayyorada bu kuch Yerdagi ko‘rsatkichning uchdan birini tashkil etadi, xolos“, — deydi ABIBOO arxitektura firmasi asoschisi Alfredo Munos[7].

Sayyoradagi tabiiy hodisalar va suratlar[tahrir]

„ExoMars-2016“ missiyasining „Trace Gas Orbiter“ (TGO) Rossiya-Yevropa kosmik kemasi Marsdagi ulkan tornadolarni suratga oldi. Mars janubiy yarim sharining 70 kilometrli tubi boʻylab harakatlangan tornadolar oʻzidan keyin qora chiziqlar qoldirgan. Tornadolardan biri taxminan 4, ikkinchisi 8 metr/sekund tezlikda harakatlangan. Ulkan tornadolar chang boʻronlari boʻlib, Marsda kuzatiladigan doimiy hodisadir. „ExoMars-2016“ rus-yevropa missiyasining „Trace Gas Orbiter“ kemasiga joylashtirilgan CaSSIS kamerasi tomonidan 2021-yilning 27-fevralida 45 soniya farq bilan tasvirga olingan suratda ikkita harakatlanayotgan tornado koʻringan. Mars chang girdoblari ham Yerdagi kabi bir xil shakllanadi, lekin ular ancha kattaroq boʻlib, oʻzidan keyin oʻnlab, yuzlab kilometrlarni tashkil etuvchi iz qoldiradi va balandligi 8 kilometrga yetishi mumkin[8].

Shuningdek, Xitoyning „Tyanven-1“ zondi ham Marsning suratlarini olgan. Marsning uchta yuqori aniqlikdagi fotosuratlarining ikkitasi oq-qora, bittasi esa rangli tasvirga tushirilgan boʻlib, yuqori aniqlikda ishlovchi kamera tomonidan obyektgacha boʻlgan 330 dan 350 kilometrgacha boʻlgan masofadan amalga oshirilgan. Kamera obyektiviga tushgan eng katta kraterning diametri taxminan 620 metrga teng[9]. Shuningdek, „Tyanven-1“ sayyoralararo stansiyasi Marsning janubiy va shimoliy yarim sharlari tasvirlangan ikkita yangi suratini yubordi. Suratlarda sayyora yarim oy shaklida tasvirlangan. Fotosuratlar qurilma sayyora yuzasidan 11 ming kilometr balandlikda bo‘lganida olingan. „Tyanven-1“ sayyoralararo stansiyasining qo‘nish moduli 2021-yilning may-iyun oylarida sayyorada joylashgan Utopiya tekisligining janubiy qismiga qo‘nishi kutilgan. Sayyoraning ushbu qismida yerosti suvlari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda[10]. NASAning „Insight“ zondi 2021-yilda Marsda 3,3 va 3,1 balli ikkita zilzilani qayd etdi[11].

Shuningdek[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. миррих - mirrix - астр. Марс. (Русско-узбекский словарь и переводчик)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Эксперт минбари. «Perseverance» ва Mарс колонизацияси. Ўзбеклар қачон Марсга учиб кета олади?“. Bugun.uz. Qaraldi: 7-Aprel 2021-yil.
  4. „Bugun Scienсe. Роботлар сайёрасидаги дрон парвози ҳақида 5 дақиқалик мутолаа“. Bugun.uz. Qaraldi: 6-Aprel 2021-yil.
  5. „NASA Марсдаги об-ҳаво ҳақида илк ҳисоботни тайёрлади“. Bugun.uz. Qaraldi: 9-Aprel 2021-yil.
  6. „Марсни ўрганиши режалаштирилган биринчи вертолёт сайёрага қўнди — фото“. Bugun.uz. Qaraldi: 5-Aprel 2021-yil.
  7. „Марсда қуриладиган илк шаҳар суратлари эълон қилинди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 25-Mart 2021-yil.
  8. „Марсда содир бўлган 2 та улкан торнадо расмлари эълон қилинди“. Bugun.uz. 9-Iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 28 февраль.
  9. „Марснинг янги суратлари эълон қилинди“. Bugun.uz. 14-Iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 3 март.
  10. „Хитойнинг «Тяньвэнь-1» зонди Марснинг янги суратларини юборди“. Bugun.uz. Qaraldi: 27-Mart 2021-yil.
  11. „Марсда кучли зилзила қайд этилди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2-Aprel 2021-yil.