Samoa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Samoa Mustaqil Davlati
Malo Saʻoloto Tutoʻatasi o Sāmoa
Samoa davlat bayrogʻi   Samoa davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Fa'avae i le Atua Samoa
(Samoa: Samoa is founded on God)
Madhiya: The Banner of Freedom
Samoa Xaritasi
Poytaxt Apia
Rasmiy til(lar) Samoacha
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
 • O le Ao o le Malo Malietoa Tanumafili II
 • Bosh Vazir Tuila'epa Sailele Malielegaoi
Mustaqillik   BMT vasiylikdagi Yangi Zelandiya ma'muriyatidan
 • Sana 1 yanvar 1962
Maydon  
 • Butun 2,944 km² (175-)
 • Suv (%) 0.3
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 177,287 (189- oʻrin)
 • Zichlik 60/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$1,000 mil. (192-)
 • Jon boshiga AQSh$5,641
Pul birligi Tala (WST)
Vaqt Mintaqasi (UTC+13)
 • Yoz (DST) (UTC+14)
Qisqartma WS
Internet domen .ws
Telefon prefiksi +685

Samoa, Samoa Mustaqil davlati (The Independent State of Samoa) — Tinch okeanning janubigʻarbiy qismida, Polineziyada joylashgan davlat. Samoa arxipelagining gʻarbiy qismi— Savayi, Upolu, Apolima, Manono, Fanuatanu, Namua, Nuutele, Nuulua va Nuusafeye o.larini egallaydi. Maydoni 2,8 ming km². Aholisi 178,6 ming kishi (2002). Poytaxti — Apia shahar. Maʼmuriy jihatdan 14 okrug (district)ra boʻlinadi. Yangi Zelandiya lozim bo'lganda harbiy yordam ko'rsatish kafolatlagan.[1]

Davlat tuzumi[tahrir]

Samoa — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1962 yil 1 yanvarda qabul qilingan, unga 1997 yil tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — 1963 yildan yoʻlboshchi Maliyetoa Tanumafili II, konstitutsiyaga binoan, qabilalarning boshliqlari tomonidan umrbod saylangan, uning vafotidan keyin davlat boshligʻi Qonun chiqaruvchi assambleya tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Fono (Qonun chiqaruvchi assambleya), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Orollar vulkan otilishi natijasida vujudga kelgan togʻlik boʻlib, asosan, bazaltdan iborat. Eng baland joyi 1858 m (Savayi o.dagi Silisili togʻi). Qirgʻoklari baland va qoyali. Iklimi subekvatorial va tropik, passatli, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 25—27°. Nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Yillik yogʻin 2000– 4000 mm; kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Oqar suvlari yoʻq. Samoada 600 ga yaqin oʻsimlik turi boʻlib, ularning 25% endemik. Hayvonot dunyosida sut emizuvchilar kam, qush koʻp.

Aholisining 98% samoalar, qolganlari — Okeaniyaning boshqa orollaridan koʻchib kelganlar va qisman yevropaliklarning avlodlari. Rasmiy tillar — samoa va ingliz tillari. Shahar aholisi 21%. Dindorlarning 80% protestant; katoliklar ham bor.

Tarixi[tahrir]

Samoa hududida qadimdan polineziyaliklar yashab kelgan. 18-asrdan yevropaliklar bu yerga kela boshlagan. 1899 yil Samoani Germaniya, 1914 yil Yangi Zelandiya bosib oldi. 1920 yillarda tashkil etilgan "May" vatanparvarlik tashkiloti mustamlakachilarga qarshi kurashga rahbarlik qildi. 1962 yil 1 yanvardan Samoa mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1970 yil Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka qoʻshildi. Mamlakat 1997 yilgacha Gʻarbiy Samoa deb ataldi. Samoa 1976 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami —1 iyun — Mustaqillik kun i (1962), obhavo sharoiti noqulay boʻlganligi uchun 1 yanvardan 1 iyunga koʻchirilgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Samoa liberal partiyasi, 1994 yil asos solingan; Inson huquklarini himoya qilish partiyasi, 1979 yil tuzilgan; S. milliy taraqqiyot partiyasi, 1985 yilda Xristiandemokratik partiya nomi bilan tashkil etilgan, 1988 yildan hozirgi nomda. Mamlakatda bir qancha tarmoq kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi.

Xoʻjaligi[tahrir]

Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (plantatsiya dehqonchiligi) tashkil etadi. Mamlakat hududining 32% ishlanadi, 66% ga yaqini oʻrmon. Eksport uchun banan, kokos palmasi, kakao yetishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, makkajoʻxori, sholi, taro, apelsin va ananas ekiladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmonda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati qandolatchilik va mebel f-kalari, kiyimkechak, ggoyabzal, kokos yogʻi va sovun ishlab chiqarish, yogʻochsozlik va kofe tuyish korxonalaridan iborat. Avtomobil ehtiyot qismlari zavodi mavjud. Avtomobil yoʻllari uz. salkam 800 km. Apia shahrida dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga kopra, kakao, banan chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, benzin, transport vositalari keltiradi. Asosan, Yangi Zelandiya, AQSH va Avstraliya bilan savdo qiladi. Sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — tala (Samoa dollari).

Maorifi[tahrir]

Samoada davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy va missionerlik oʻquv yurtlari ham bor. 6 yillik boshlangʻich maktabda darslar ingliz va samoa tillarida, 6 yillik oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Apia shahrida 2 universitet, qishloq xoʻjalik va. ped. kollejlari, rasadxona, xalq kutubxonasi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. "Savali" (hukumatga qarashli oylik nashr, 1904 yildan samoa va ingliz tillarida chikadi), "Samoa nyus" ("Samoa yangiliklari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1994 yildan), "Samoa observer" ("Samoa kuzatuvchisi", samoa va ingliz tillarida haftasiga 5 marta chiqadigan gaz., 1979 yildan), "Samoa uikli" ("Samoa haftasi", ingliz tilida chiqadigan haftanoma, 1977 yildan). Mamlakatda axborot agentligi yoʻq. Samoa radioeshittirish xizmati hukumatga qarashli tijorat mahkamasi boʻlib, 1948 yil tashkil etilgan. Samoa televizion korporatsiyasi hukumat qaramogʻida, 1993 yil tashkil etilgan.

Meʼmorligi[tahrir]

Mahalliy aholi sohil yaqinidagi 400 qishlokda, choʻziqroq doira shaklidagi fale deb ataluvchi anʼanaviy chaylalarda yashaydi. Devorsiz chaylalar yogʻoch qoziqlar ustiga qurilib, tomiga kokos yoki pandanus yaprogʻi yopiladi. Yevropaliklar Apia shahrida istiqomat qiladi. Shahar markazida 1—2 qavatli yevropacha uylar qurilgan, ularning tepasida cherkov qoʻngʻirokxonalari qad koʻtargan. Bu yerda mehmonxonalar, mayda korxonalar, xorijiy kompaniyalarning idoralari, shuningdek, hukumat muassasalari joylashgan.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil