Aerodrom
Qiyofa
Aerodrom (aero… va yunoncha dromos — yugurish joyi) — uchoqlarning uchishi va qoʻnishi uchun moʻljallangan, ularni joylashtirish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan inshootlar va jihozlar majmuidir. Fuqaro va harbiy, doimiy va muvaqqat aerodromlar boʻladi. Uchoqlarning turlari, hududlarning katta-kichikligi, aerodrom toʻshamasining koʻtarish imkoni va boshqa belgilarga qarab sinflarga boʻlinadi. Vazifasiga qarab aerodromning transport, zavod, oʻquv-mashq, klub-sport va boshqa xillari bor. Transport aerodromi aeroport singari jihozlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |