Boysun
Boysun | |
---|---|
shahar | |
38°12′44″N 67°11′56″E / 38.21222°N 67.19889°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Boysun tumani |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Aholisi (2005) |
23,7 ming |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar, Xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Boysun – Surxondaryo viloyatidagi shahar (1975-yildan), Boysun tumani markazi. Boysundan Termizgacha boʻlgan masofa 145 kilometr, eng yaqin temiryoʻl stansiyasi Elbayongacha – 72 kilometr. Ketmonchopti togʻining janubiy yon bagʻrida, Hangaronsoy boʻyida, dengiz sathidan qariyb 1240 metr balandlikda. Shimoliy qismida Sariosiyo va Avlod qishloqlariga tutashgan. Aholisi 23,7 ming kishi (2005).
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boysun Surxondaryo viloyatidagi eng qadimiy aholi manzillaridan. Boysunning shimoli-gʻarbida Teshiktosh gʻori joylashgan. Boysunda miloddan avvalgi taxminan 5-ming yillik oxirida aholi yashaganligi maʼlum. Miloddan avvalgi 1-asrdan – milodiy 1-asrgacha Boysun oʻrnida Poikalon nomli mustahkam qalʼashahar mavjud boʻlgan. Milodiy 6—13-asri boshlarida Boysun oʻrnida Chagʻoniyon shaharlaridan biri – Bosand joylashgan. Abu Isʼhoq Istahriyning „Kitob masolik va almamolik“ („Mamlakatlar yoʻllari toʻgʻrisida kitob“)ida ham Bosand deb taʼriflangan. "Hudud ulolam"da Bosand koʻp sonli va jangovar aholili mustahkam joydir, deyilgan. Bosand Chagʻoniyon markazidan Temir qapigʻ orqali Samarqandga boradigan savdo yoʻli ustida joylashgan. Uylarning tashqi tarafi rang-barang matolar – soʻzana bilan bezatilgan. Devorlar yonidagi stollarda sopol idishlar va ehtiyot qismlar mavjud.Boysun (Wayback Machine saytida 2021-05-24 sanasida arxivlangan)
Arxeologik manbalarga koʻra, Bosandda hayot ilk oʻrta asrlardan moʻgʻullar istilosigacha davom etgan. Moʻgʻullar bosqinida vayron boʻlgan shahar keyinroq qayta tiklangan. Boysun mavzesi "Zafarnoma"da ham qayd etilgan. 19-asrda Boysun Buxoro amirligi davrida Surxondaryodagi uchta beklikdan birining markazi boʻlib, unda badavlat oʻzbek aholisi yashagan.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chigʻatoy ulusi tarkibiga mansub koʻchmanchi turk qavmlari unga „Boysun“ deb nom berganlar. „Boysun“ atamasi qadimiy turkiycha „boy“ va „sin“dan olinib, „ulugʻ togʻ“ yoxud „katta togʻ“ maʼnosini anglatgan. Qadimiy turkiy qavmlarda boshqa narsalarga sigʻinishlar qatorida toqqa sigʻinish ham mavjud boʻlib, togʻlar muqaddas sanalgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, bu yerda qadimdan turkiy qavmlarning badavlat kishilari yashagan boʻlib, „Biysun“ atamasi „boylar qishlogʻi“ maʼnosini anglatgan.
Transporti, infratuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boysunning janubiy qismidan viloyatlararo avtomobil yoʻllari oʻtgan. Shahar aholisi kulolchilik, temirchilik, zargarlik, kashtachilik, duradgorlik, kosibchilik, qandolatchilik bilan shugʻullanadi. „Ishonch“ aksiyadorlik jamiyati korxonasida asosan shoyi, jumladan abrli atlas, beqasam, trikotaj kiyimlar, toʻnchoponlar tayyorlanadi. Boysunda 5 umumiy taʼlim maktabi, sport va musiqa maktablari, mehribonlik uyi, 2 kinoteatr, 6200 oʻrinli stadion, klub, 10 kutubxona, 2 poliklinika, qishloq vrachlik shoxobchalari, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, oʻrmonchilik xoʻjaligi bor. Boysunning oʻrtasidan Hangaronsoy kesib oʻtgan.
Madaniyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boysunda mashhur „Shalola“ va „Shiru shakar“ folklor-etnografik ansambllari faoliyat koʻrsatmoqda. Bular YUNESKOning Umumjahon nomoddiy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi. „Alpomish“ dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash munosabati bilan Boysunda dam olish va sport inshootlariga ega boʻlgan "Alpomish" bogʻi, "Alpomish" muzeyi tashkil etildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |