Alpomish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"Alpomish"o‘zbek xalq qahramonlik dostoni. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. "Alpomish"ning qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. O‘zbeklar "Alpomish", qoraqalpoqlar "Alpamis", qozoqlar "Alpamis batir", oltoyliklar "Apip-Manash", qozon tatarlari "Alpamsha", boshqirdlar "Alpamisha va Barsin hiluu" deb nomlaganlar.

Tarixi[tahrir]

O‘zbek dostonchiligi ta’sirida XX-asr boshlarida ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari ham yuzaga kelgan. O‘rta asr o‘g‘uz eposining muhim yodgorligi hisoblangan "Kitobi Dadam Qo‘rqut" tarkibidagi "Bamsi Bayrak" asari o‘zining syuje-366ti va kompozitsiya qurilishi jihatidan "A." dostoniga yaqin turadi."A." dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos bax-shilar tomonidan asrlar davomida kuy-lanib, jonli epik an’analarda og‘zaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, o‘zi yaratilgan dav-rning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli an’anaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining ob’ektiv holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, ko‘plab variantlarda va xil-ma xil ko‘rinishlarda ajdodlardan av-lodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobig‘iga o‘ralgan o‘ziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi."A." dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadim dostonchilik an’analari asosida xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan bo‘lsada, aslida "Alpomish" dostonining eng qadim qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini o‘zida aks ettirgan. Qo‘ng‘irot qabilasining turli hududlarga siljishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urug‘ va elatlarga ham o‘tib, ularning epik an’analari asosida qayta ishlana borib, juda keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota-bobolari ishti-rok etgan har bir xalqning o‘z eposiga aylandi. "A." dostonining ogzaki epik an’analarda bizgacha yetib kelgan nusxalari 9–10 a.larda yaratilgan. Ammo bun-day xulosa dostonga asos bo‘lgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy ildizlari qadimgi davrlarga – miloddan avvalgi zamonlarga taqalishini inkor etmaydi. Doston syujet tarkibida islomgacha bulgan karashlar va mifolo-gik qatlam mavjud. Undagi mifologik qatlam esa, kad. turmush tarzining ba-diiylashtirilgan va ideallashtirilgan ko‘rinishlaridir. "A." variantlari 1922 yildan yozib olina boshlangan. Hozirgacha Fozil Yo‘ldosh o‘gli, Mahammadqul Jon-murod o‘g‘li Po‘lkan, Berdi baxshi, Said-murod Panoh o‘g‘li, Bo‘ri baxshi, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li, Abdulla Nurali o‘g‘li, Umir baxshi, Haydar Boycha o‘g‘li, Rahmatulla Yusuf o‘g‘li, Hodir Rahim o‘g‘li kabi o‘ttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin va-riantlari yozib olingan. Dostonning yozib olingan qo‘lyozmalarining asl nus-xalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutinnng folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksa-gi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingani hisoblanadi. "A."ning Berdi baxshi, Saidmurod Panoh o‘g‘li, Pulkan va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Xushboq Mardonaqulov aytgan variantlari ham nashr etilgan. "A." dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarli-gi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urug‘ birligini kuylovchi ulkan epos-dir. Respublikamiz prezidenti Islom Karimov "Alpomish" dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali maro-simda so‘zlagan nutqida aytganidek: "Al-pomish" dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni, or-nomusimizni ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi".Doston qo‘ng‘irot urug‘i boshliqlari – aka-uka Boybo‘ri va Boysarining farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda Alpomish, Barchin, Qaldirg‘ochlarning bir kunda tug‘ilishi, Barchin. Dostonning yetakchi obrazi (V. Ye. Kaydalov asari).Barchinning Alpomishga beshikker-367 qilinishi, Boysarining Boybo‘ridan arazlab o‘n ming uyli elat bilan qalmoq eliga ko‘chishi, qahramonning yorini olib kelish uchun o‘zga mamlakatga safari, Qorajon bilan do‘st tutinib, Barchin shartlarini bajarishi va yorini olib o‘z yurtiga qaytishi, keyin yana yetti yil tutqunda qolishi, zindondan oti Boychibor yorda-mida qutulib, o‘z eliga umr yo‘ldoshi Barchinning zo‘ravon Ultontoz bilan bo‘layotgan majburiy to‘yi ustiga kelishi ham raqibini yengib, murod-maqsadiga eri-shishi voqealari juda qiziqarli, eposga xos rang-barang badiiy bo‘yoqlarda tasvirlangan. Alpomish va Qorajon, Qultoy va Yodgorlarning o‘zaro munosa-batlari, hatto qahramonning oti Boychi-bor bilan, enchi harvona tuya bilan munosabati tas-virida jamiyat taraqqiyotining do-stonda tasvirlangan bosqichiga xos oli-janob soddalik, ulug‘vor vazminlik, pa-triarxal insoniylik, bolalarcha beg‘ubor samimiylik g‘oyatda go‘zal mujassamlash-gan. "A." dostoni badiiy barkamol asar. Unda o‘zbek xalqi she’riy dahosining buyuk qudrati to‘laligicha namoyon bo‘lgan. "A."ning slovak tilida nasriy bayoni, rus tilida badiiy tarjimasi nashr etilgan. Undan parchalar ingliz tilida e’lon qilingan. Doston turk tiliga tar-jima qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga (1998 yil 13 yanvar) hamda YUNESKOning 1999 yildagi tadbirlar rejasiga binoan O‘zbekistonda 1999 yil noyabrda "A." do-stonining 1000 yilligi keng nishonlan-di. So‘nggi tantanalar 1999 yil 6 noyabrda Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan bu yerda xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi, Alpomish nomidagi bog‘ barpo etildi va xalq qahramoniga haykal ochil-di. "A."ning atoqli xalq baxshilari kuylagan variantlari qayta nashr etil-di. Doston haqida hujjatli va badiiy film, uning motivlari asosida teatr spektakllari yaratilgan.

Qadimiy turkiy tilda yozilgan doston. 1999 yilda Oʻzbekistonda "Alpomish" dostonining 1000 yilligini keng nishonlandi. Bu dostonda Alpomish laqabli Hakimbek degan qoʻrqmas pahlavonning amakisi (qaynotasi) bilan sevgilisi Barchinoyni yovuz Qalmoqlar yurtidan qutqarib kelishi va murod-maqsadiga yetishi juda jonli tasvirlangan. Alpomish Qalmoqlar yurtida koʻp qiyinchiliklarga, hiyla-nayranglarga duch kelib, ularni mardona yengib oʻtadi. O'zining mardligi, haqqoniyligi, tantiligi tufayli Qalmoqlar yurtida ham, oʻz vatanida ham adolatni qaror toptiradi. Ushbu dostonda oʻzbeklarning fe'l-atvori juda mahorat bilan tasvirlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Alpamis [1]
  • Alpomish, T., 1998;
  • Alpamo‘sh, T., 1998;
  • Alpomish (Akademik nashr), T., 1999;
  • Alpamis, Nukus, 1981;
  • Alpamis-bato‘r, Alma-Ata, 1961;
  • Jirmunskiy V. M., Zarifov XT., Oʻzbekskiy narodniy geroicheskiy epos, M., 1947;
  • Ob epose "Al-pamish", T., 1959;
  • Jirmunskiy V. M., Skazaniye ob Alpamishe i bogatirskaya skazka, M., 1960;
  • Mirzayev T., "Alpomish" dostonining o‘zbek variantlari, T., 1968;
  • Xoshniyazov J., Qoraqalpoq qahramanliq dastani "Alpamis", Nukus, 1992;
  • "Al-pomish" – o‘zbek xalq qahramonlik eposi", T., 1999.
  • To‘ra Mirzayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil