Shoʻrchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Shoʻrchi
shahar
38°00′38″N 67°47′15″E / 38.01056°N 67.78750°E / 38.01056; 67.78750 G OKoordinatalari: 38°00′38″N 67°47′15″E / 38.01056°N 67.78750°E / 38.01056; 67.78750 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Shoʻrchi tumani
Aholisi
21 300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Shoʻrchi xaritada
Red pog.png

Shoʻrchi — Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi shahar (1976-yildan), tuman markazi. Transport yoʻli stansiyasi. Termizdan 122 km shim.sharqda, Surxon vohasining oʻrta qismidagi tekislikda joylashgan. Sh. yonidan Surxondaryodan suv oladygan Qumqoʻrgʻon kanali oqib oʻtadi. Aholisi 21,3 ming kishi (2003). 5—8 va 9—12-asrlarda Sh. hududida Barangi qishlogʻi boʻlganligi toʻgʻrisida Kudain va Ibn Xurdodbeh asarlarida qayd etilgan. 11—12-asrlarda Barangida bir necha masjid boʻlgan.

shahrida "Don mahsulotlari", "Shoʻrchipaxta" aksiyadorlik jamiyatlari, bosmaxona, MTP, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish uyushmasi, "Shoʻrchimebel" kompaniyasi, pillakashlik fabrikasi, 2 non zavodi, "Istiqlol" poyabzal ishlab chiqarish korxonasi, respublika miqyosidagi yirik elevator, tegirmonlar, kichik va qoʻshma korxonalar, firmalar ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 2 ta maxsus internat, ixtisoslashtirilgan internat maktabi mavjud. 9 ta kasb-hunar kolleji (qishloq xoʻjaligi, kommunal xoʻjaligi, tibbiyot, yengil sanoat, maishiy xizmat ko'rsatish, agro sanoat, iqtisodiyot kollejlari) bor. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, shahar kutubxonasi, koʻzi ojizlar kutubxonasi, madaniyat va istirohat bogʻi(charog'on bog'i), tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.