Qumqoʻrgʻon
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qumqoʻrgʻon | |
---|---|
shaharcha | |
38°22′01″N 67°12′10″E / 38.36694°N 67.20278°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
tuman | Qumqoʻrgʻon tumani |
Aholisi (2023 yil) |
5 000 kishi |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Qumqoʻrgʻon — Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanidagi shahar, tuman markazi (1989-yildan), Surxondaryoning oʻng sohilida, Janubiy Surxon suv ombori quyi qismida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 5.3 ming kishi (2023).
Qumqoʻrgʻonga dastlab 1930-yillarda Qumqoʻrgʻon kanalining qazilishi va shu nomdagi qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi munosabati bilan asos solingan. 1950-yillarda Sherobod — Qiziriq massivida sugʻoriladigan yerlarni kengaytirish maqsadida boshlangan Janubiy Surxon suv ombori qurilishi bilan Qumqoʻrgʻon kengaytirildi, obodonlashtirildi. Shaharda "Surxon" kombinati (temir-beton buyumlari ishlab chiqariladi), taʼmirlash-mexanika, paxta tozalash zavodlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, neftni saqlash va sisternalarga quyish estakadasi, non kombinati va boshqa sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 3 umumiy oʻrta taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi va boshqa madaniyat muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.
Qumqoʻrgʻondan Toshkent — Dushanbe temir yoʻli va Termiz — Dushanbe avtomobil yoʻli oʻtgan. Yangi qurilayotgan Qumqoʻrgʻon — Toshgʻuzor — Boysun temir yoʻlining 112 km qismida poyezdlar qatnaydi. Qumqoʻrgʻondan Termiz shahriga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |