Jean-Pierre Serre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jean-Pierre Serre
Tavalludi 15-sentyabr 1926-yil (1926-09-15) (97 yosh)
Bages, Pyrénées-Orientales, Fransiya
Istiqomat joylari Parij, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Institutlar
Taʼlimi
Akademik rahbarlari Henri Cartan
Mashhur shogirdlari
Mukofotlari

Jean-Pierre Serre (talaffuzi: Jan-Pyer Serr) (1926-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) – fransiyalik matematik. Serre algebraik topologiya, algebraik geometriya hamda algebraik sonlar nazariyasi sohalariga hissa qoʻshgan. Olim 1954-yil 28 yoshida Fields medali bilan taqdirlangan. Serre Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti[2] bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Pierre Deligne, John Milnor, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).

Serre 1948-yil Parisdagi Oliy normal maktabni tamomlagan[3]. 1951-yil Paris universitetidan PhD darajasini olgan. 1956-yildan 1994-yil nafaqaga chiqqunicha Collège de Franceda ishlagan.

Serre bir necha xorijiy fanlar akademiyalarning aʼzosidir. Xususan, olim Fransiya fanlar akademiyasi, AQSh fanlar akademiyasi, Shvetsiya fanlar akademiyasi, Rossiya fanlar akademiyasi, Qirolli jamiyat hamda Niderlandiya qirolli fan va sanʼat akademiyasi aʼzosidir. Shuningdek, olim bir necha xorij universitetlaridan, jumladan, Cambridge, Oxford, Harvard universitetlaridan faxriy darajalarni olgan. 2012-yilda esa Amerika matematika jamiyati aʼzosi etib tayinlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. По математике премии Бальцана за всю историю были удостоены Э. Бомбиери, А. Борель, М. Громов, П. Делинь, А. Н. Колмогоров, Ж. Палиш и Ж.-П. Серр
  2. https://www.science.org/content/article/serre-wins-inaugural-math-prize
  3. J J O'Connor and E F Robertson Serre Biography http://www-history.mcs.st-andrews.ac.uk/Biographies/Serre.html

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]