Jürgen Moser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Jürgen Kurt Moser
Tavalludi 4-iyul 1928-yil(1928-07-04)
Königsberg, Prussiya, Germaniya
Vafoti 17-dekabr 1999-yil(1999-12-17)
(71 yoshda)
Schwerzenbach, Shveysariya
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari New York universiteti, MIT, ETH Zurich
Akademik rahbarlari Franz Rellich
Carl Siegel
Mashhur shogirdlari Charles Conley
Håkan Eliasson
Mashhur ishlari Kolmogorov–Arnold–Moser teoremasi, Calogero-Moser tizimi, Chern–Moser invariantlari, Giorgi–Nash–Moser hisoblari, Moserning Harnack tengsizligi, Moser normal formasi, Nash–Moser teoremasi
Taʼsir olgan Carl Gustav Jacob Jacobi, Henri Poincaré, George Birkhoff, Carl Siegel
Taʼsir koʻrsatgan Sun-Yung Alice Chang, Michel Herman, John Mather, Peter Sarnak, Aleksander Veselov, Paul Yang, Eduard Zehnder
Mashhur sovrinlari George David Birkhoff mukofoti (1968)
James Craig Watson medali (1969)
Cantor medali (1992)
Wolf mukofoti (1994/1995)

Jürgen Moser (talaffuzi: Orgen Mozer) (4-iyul 1928-yil — 17-dekabr 1999-yil) — germaniyalik, amerikalik, shveysariyalik matematik. Umrining qirq yilini matematikaga bagʻishlagan. Moser Hamilton dinamik tizimlari va qisman differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1995-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. 1983–1986-yillarda Xalqaro matematika ittifoqiga yetakchilik qilgan.

Moser vrach-nevrolog Kurt Moser va pianist Ilse Strehlke oilasida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin oilasi bilan Mecklenburgda yashagan. 1952-yil Göttingen universitetidan PhD darajasini olgan. 1953-yil New York universitetida oʻqigan. 1959-yil Amerika fuqaroligini olgan.

Moser pianino va violonchel chalgan, astronomiyaga qiziqqan. Carl Siegel bilan hamkorlikda osmon jismlari mexanikasi haqida risola yozgan. Matematika boʻyicha taniqli ishlari qatorida Kolmogorov–Arnold–Moser va Nash–Moser teoremalari bor.