Saharon Shelah
Saharon Shelah | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
3-iyul 1945-yil (75 yosh) Quddus, Falastin mandatli hududi |
Istiqomat joylari | Quddus, Isroil |
Fuqaroligi | Isroil |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Yahudiy universiteti Rutgers universiteti |
Akademik rahbarlari | Michael Rabin |
Mashhur shogirdlari | Rami Grossberg |
Mashhur ishlari |
PCF nazariyasi Sauer–Shelah lemmasi Shelah kardinali |
Mashhur sovrinlari |
Erdős mukofoti (1977) Rothschild mukofoti (1982) Karp mukofoti (1983) George Pólya mukofoti (1992) Bolyai mukofoti (2000) Wolf mukofoti (2001) Isroil mukofoti (1998) EMET mukofoti (2011) Steele mukofoti (2013) Rolf Schock mukofoti (2018) |
Saharon Shelah (3-iyul 1945-yilda tugʻilgan) — isroillik matematik. Quddusdagi Yahudiy universiteti va New Jerseydagi Rutgers universitetida matematika professori. Shelah matematik mantiq, model nazariyasi va toʻplamlar nazariyasi sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2001-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Shelah 1969-yilda Yahudiy universitetidan barqaror nazariyalar boʻyicha ilmiy ishi uchun PhD darajasini olgan. 1969–1970-yillarda Princeton universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1970–1971-yillarda esa Los Angelesdagi California universitetida assistent boʻlib ishlagan. 1974-yilda Yahudiy universitetida professor etib tayinlangan va hozirgi kunga qadar shu lavozimni egallab kelmoqda. Shelah, shuningdek, quyidagi universitetlarda mehmon leksiyachi boʻlib ishlagan Wisconsin universiteti (1977–1978), California universiteti, Berkeley (1978 va 1982), Michigan universiteti (1984–1985), Simon Fraser universiteti (1985) va New Jerseydagi Rutgers universiteti (1985). 1986-yildan beri Rutgers universitetida faxriy mehmon professor lavozimida faoliyat yuritib keladi.
Shelah model nazariyasida sinflash nazariyasini ishlab chiqqan. Natijada Morley masalasini yechishga muvaffaq boʻlgan. Olim, shuningdek, Arrow nazariyasini saylov tizimlariga tatbiq qilgan. Shelah oʻz ilmiy ishlari bilan model nazariyasi va toʻplamlar nazariyasi sohalari rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan.
Havolalar[tahrir]
- Archive of Shelah's mathematical papers, shelah.logic.at
- John T. Baldwin (July 7, 2006). Abstract Elementary Classes: Some Answers, More Questions. math.uic.ed. http://www2.math.uic.edu/~jbaldwin/pub/turino2.pdf. A survey of recent work on AECs.
![]() |