Yefim Zelmanov
| Yefim Zelmanov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1955-yil 7-sentyabr Xabarovsk, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi |
| Fuqaroligi | Rossiya, AQSh |
| Sohasi | Matematika |
| Institutlar | California universiteti, San Diego |
| Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
| Mashhur shogirdlari | Martin Kassabov |
| Mashhur ishlari | Distributiv algebra |
| Mukofotlari | Fields medali (1994) |
Yefim Isaakovich Zelmanov (ruscha: Ефи́м Исаа́кович Зе́льманов) (1955-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik-amerikalik matematik. Distributiv algebra va guruh teoriyasi sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1994-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Zelmanov 1980-yil Novosibirsk davlat universitetida fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlagan. 1985-yil Leningrad davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1987-yil Sovet Ittifoqini tark etgan.
Zelmanov 1990-yil AQShga koʻchib borgan. Boshida Wisconsin–Madison universitetida ishlagan. 1994–1995-oʻquv yilida Chicago universitetida ishlagan. Keyinchalik Yale universiteti hamda San Diegodagi California universitetida ishlagan.
Zelmanov 2001-yil AQSh Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi etib saylangan. Olim, shuningdek, Amerika sanʼat va fan akademiyasi aʼzosi, Koreya Fan va muhandislik akademiyasining xorijiy aʼzosi hamda Ispaniya Qirol fanlar akademiyasi aʼzosidir. 2012-yil Amerika matematika jamiyatiga qoʻshilgan.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |