Martin Hairer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Martin Hairer
Tavalludi 14-noyabr 1975 (1975-11-14) (44 yosh)
Geneva, Shveysariya
Istiqomat joylari London
Fuqaroligi Avstraliya
Sohasi Matematika
Institutlar London Imperial kolleji
Warwick universiteti
New York universiteti
Akademik rahbarlari Jean-Pierre Eckmann
Mashhur shogirdlari Pavel Bubak
David Kelly
Charles Manson
Konstantin Matetski
Sebastian Vollmer
Simon Weber
Mashhur sovrinlari Whitehead mukofoti (2008)
Philip Leverhulme mukofoti (2008)
Wolfson Research Merit mukofoti (2009)
Fermat mukofoti (2013)
Fröhlich mukofoti (2014)
Fields medali (2014)
Vebsayt hairer.org

Martin Hairer (talaffuzi: Martin Hayrer) (1975-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — avstriyalik matematik. Stoxastik integrallarni, xususan, stoxastik qisman differensial tenglamalar sohasida ishlab keladi. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Hairer 1998-yil Geneva universitetini matematika va fizika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2001-yilda Jean-Pierre Eckmann rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hairer London qirollik jamiyati aʼzosi va London imperial kolleji matematika professoridir. Bundan oldin u Warwick universitetida hamda New York universitetining Courant institutida ishlagan.

Hairer Avstriya fuqaroligiga ega boʻlib, fransuz, nemis va ingliz tillarida soʻzlasha oladi. U matematik Xue-Mei Li bilan turmush qurgan. Olimning otasi Ernst Hairer Geneva universitetida matematika professori.