Elias Stein
Elias Menachem Stein | |
---|---|
Tavalludi |
13-yanvar 1931-yil Antwerp, Belgiya |
Vafoti |
23-dekabr 2018-yil (87 yoshda) Somerville, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Princeton universiteti |
Akademik rahbarlari | Antoni Zygmund |
Mashhur shogirdlari | |
Mashhur ishlari | Stein–Strömberg teoremasi |
Mukofotlari |
Rolf Schock mukofoti (matematika boʻyicha) (1993) Wolf mukofoti (1999) Milliy fan medali (2001) Steele mukofoti (2002) |
Turmush oʻrtogʻi | Elly Intrator |
Elias Stein (talaffuzi: Elias Steyn) (13-yanvar 1931-yil — 23-dekabr 2018-yil) — amerikalik matematik. Stein garmonik tahlil sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1999-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Stein Belgiyaning Antwerp shahrida tugʻilgan. 1940-yilgi Germaniya agressiyasidan keyin, Steinlar oilasi AQShga koʻchib ketgan. Stein 1949-yilda Stuyvesant oʻrta maktabini tugatgan. U kollejda kelajakdagi Paul Cohen bilan birga oʻqigan. 1955-yil Chicago universitetida Antoni Zygmund rahbarligi ostida PhD darajasini olgan. 1955-yilda Massachusetts texnologiya institutida dars berishni boshlagan, 1958-yilda Chicago universitetiga assistent boʻlib ishga kirgan. 1963-yilda Princetonda toʻliq professor etib tayinlangan va umrining oxirigacha ayni universitetda ishlagan.
Stein asosan garmonik tahlil sohasida ish olib borgan va Calderón–Zygmund nazariyasini kengaytirishga va aniqlashtirishga salmoqli hissa qoʻshgan. Shuningdek, garmonik tahlil boʻyicha qator kitob yozgan. 50 dan oshiq doktorantura talabasiga, jumladan, Fields medali sovrindorlari Charles Fefferman va Terence Taoga rahbarlik qilgan.