Peter Scholze
Peter Scholze | |
---|---|
Tavalludi |
11-dekabr 1987-yil Drezden, Germaniya |
Fuqaroligi | Germaniya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Bonn universiteti Max Planck matematika instituti Leopoldina fanlar akademiyasi California universiteti, Berkeley Clay matematika instituti |
Akademik rahbarlari | Michael Rapoport |
Mashhur ishlari | perfektoid fazolar |
Mukofotlari |
Prix va Peccot kurslari (2012) SASTRA Ramanujan mukofoti (2013) Clay Research mukofoti (2014) Cole mukofoti (2015) Fermat mukofoti (2015) Ostrovskiy mukofoti (2015) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2016) Leibniz mukofoti (2016) Berlin-Brandenburg akademiyasi mukofoti (2016) Fields medali (2018) |
Peter Scholze (talaffuzi: Peter Sholtse) (1987-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — germaniyalik matematik. Scholze sonlar nazariyasi va algebraik geometriyaga qoʻshgan hissalari bilan tanilgan. 2018-yili Fields medali bilan taqdirlangan.
Scholze Drezdenda tugʻilgan, Berlinda ulgʻaygan. U Germaniya terma jamoasi tarkibida Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib, uchta oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Scholze Bonn universitetida matematika boʻyicha tahsil olgan va Michael Rapoport rahbarligida doktorlik ilmiy ishini yoqlagan.
Scholze 2011-yil iyun oyidan Clay matematika instituti ilmiy xodimi va 2012-yildan beri Bonn universitetida professor boʻlib ishlaydi. 2018-yil Max Planck matematika instituti direktori etib tayinlangan. Scholze aksar manbalarda dunyodagi eng yetuk matematiklar qatorida tilga olingan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Peter Scholze haqida turkum mavjud |