Michael Aschbacher

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Michael Aschbacher
Tavalludi 8-aprel 1944 (1944-04-08) (76 yosh)
Little Rock, Arkansas, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar California texnologiya instituti
Alma mater California texnologiya instituti
Wisconsin–Madison universiteti
Akademik rahbarlari Richard Bruck
Mashhur ishlari Guruh nazariyasi
Mashhur sovrinlari Cole mukofoti (1980)
Rolf Schock mukofoti (2011)
Leroy P. Steele mukofoti (2012)
Wolf mukofoti (2012)

Michael Aschbacher (talaffuzi: Maykl Ashbaxer) (1944-yil 8-aprelda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Yakuniy guruhlar (chekli guruhlar) boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2012-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Aschbacher 1966-yil California texnologiya institutini tamomlagan. 1969-yil Wisconsin–Madison universitetidan PhD darajasini olgan. 1970-yildan California texnologiya institutida ishlay boshlagan.

Olim 1970—1980-yillarda yakuniy sodda guruhlar klassifikatsiyasini tamomlashda muhim rol oʻynagan. Keyinchalik klassifikatsiya toʻliq emasligi aniqlangan. Bu muammoni Aschbacher Stephen Smith bilan hamkorlikda hal qildi. Xususan, ikki matematik mazkur masalada 1300 sahifali ikki kitob yozdi.