Luis Caffarelli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luis Caffarelli
Tavalludi 8-dekabr 1948-yil (1948-12-08) (74 yosh)
Buenos Aires, Argentina
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Austindagi Texas universiteti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Chicago universiteti
Courant matematika fanlari instituti
Minnesota universiteti
Taʼlimi Buenos Aires universiteti
Akademik rahbarlari Calixto Calderón
Mashhur shogirdlari Ovidiu Savin
Guido De Philippis
Mashhur ishlari Guruh nazariyasi
Mukofotlari Bôcher memorial mukofoti (1984)
Rolf Schock mukofoti (2005)
Leroy P. Steele mukofoti (2009)
Wolf mukofoti (2012)
Shaw mukofoti (2018)

Luis Caffarelli (talaffuzi: Luis Kaffarelli) (1948-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — argentinalik-amerikalik matematik. Qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2012-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Caffarelli Buenos Aires universitetidan 1968-yil magistr, 1972-yil PhD darajasini olgan. 1986–1996-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. Ayni damda Austindagi Texas universitetida professor. Olim, shuningdek, Chicago va Minnesota universitetlarida hamda Courant matematika fanlari institutida ishlagan.

Caffarelli toʻsiq masalalari hamda chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar boʻyicha dunyoning yetakchi mutaxassisi hisoblanadi. Olim, shuningdek, gomogenizatsiyaga qoʻshgan hissasi bilan taniglan. Keyingi yillarda u integro-differensial tenglamalar sohasida faoliyat yuritib keladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]