Yves Meyer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yves Meyer
Tavalludi 19-iyul 1939-yil (1939-07-19) (84 yosh)
Paris, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Milliy harbiy bilim yurti (1960-1963)
Strasbourg universiteti (1963-1966)
Paris-Sud universiteti (1966-1980)
Politexnika maktabi (1980-1986)
Paris-Dauphine universiteti (1985-1995)
Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi (1995–1999)
Paris-Saclay oliy normal maktabi (1999–bugun)
Akademik rahbarlari Jean-Pierre Kahane
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari Veyvlet nazariyasi
Mukofotlari Salem mukofoti
Carl Friedrich Gauss mukofoti (2010)
Abel mukofoti (2017)

Yves Meyer (talaffuzi: Iv Meyer; 19-iyul 1939-yilda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Meyer veyvlet („toʻlqincha“) nazariyasi asoschilaridan biridir. Xususan, olim Meyer veyvleti bilan tanilgan. 2017-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Meyer Parisda yahudiylar oilasida tugʻilgan[2]. Tunisdagi Carnot litseyida tahsil olgan[3]. 1957-yilda Fransiyada matematika fanidan oʻtkazilgan talabalar oʻrtasidagi bellashuvda (fransuzcha: Consours Général) gʻolib chiqqan, Oliy normal maktabga kirish imtihonida eng yuqori natija koʻrsatgan[4]. 1966-yilda Jean-Pierre Kahane rahbarligida PhD darajasini olgan. Uning akasi Meksika tarixshunosi Jan Meyerdir.

Meyer Milliy harbiy bilim yurtida oʻqituvchi (1960–1963), Strasbourg universitetida oʻqituvchi yordamchisi (1963–1966), Paris-Sud universitetida professor (1966–1980), Politexnika maktabida professor (1980–1986), Paris-Dauphine universitetida professor (1985–1995), Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida toʻngʻich tadqiqotchi (1995–1999), École normale supérieure Paris-Saclayda professor (1999–2003) hamda ayni oliygohda faxriy professor (2004–bugun) lavozimlarida ishlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2017: Yves Meyer“ (en). www.abelprize.no. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  2. French Jewish Mathematician Wins ‘Math Nobel’ The Forward, March 22, 2017, By Daniel Hoffman
  3. „Home“. lyceecarnotdetunis.com.
  4. Société de Mathématiques Appliquées et Industrielles : Yves Meyer.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]