Paul Cohen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paul Joseph Cohen
Tavalludi 2-aprel 1934-yil
Long Branch, New Jersey
Vafoti 23-mart 2007-yil(2007-03-23)
(72 yoshda)
Stanford, Kaliforniya, Palo Alto
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Stanford universiteti
Taʼlimi Stuyvesant maktabi
Brooklyn kolleji
Chicago universiteti
Akademik rahbarlari Antoni Zygmund
Mashhur shogirdlari Peter Sarnak
Mashhur ishlari Cohen forsingi
Kontinuum-gipoteza
Taʼsir olgan Georg Cantor, Kurt Gödel
Taʼsir koʻrsatgan Alain Badiou
Mukofotlari Bôcher mukofoti (1964)
Fields medali (1966)
Milliy fan medali (1967)

Paul Joseph Cohen (talaffuzi: Pol Jozef Koen) (2-april 1934-yil — 23-mart 2007-yil)[1] — amerikalik matematik. Cohen kontinuum-gipotezasi hamda tanlov aksiomasi Zermelo–Fraenkel sistemasidan mustaqil ekanligini isbotlagan. Fields medali (1966)[2] va AQSh Milliy fan medali (1967) bilan taqdirlangan.

Cohen polshalik yahudiy muhojirlar oilasida tugʻilgan. Brooklyn shahrida oʻsgan va oʻsha yerda oʻqishni boshlagan[3][4][1][4]. U 1953-yilda Chicago universitetiga oʻqishga kirgan. 1961-yil Stanford universitetida ilmiy va pedagogik faoliyatini boshlagan va u yerda 2004-yilgacha ishlagan. Cohen umrining soʻnggi oylarigacha oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Cohen oʻzining turli xil qiziqishlari bilan boshqalardan ajralib turgan. U ingliz, shved, fransuz, ispan, nemis va yahudiy tillarida soʻzlasha olgan. Pianino va skripka chalishni bilgan. Stanford universiteti xorida va shved folklor guruhida qoʻshiq kuylagan.

Cohen Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi (1967) va Amerika falsafiy jamiyati (1972) aʻzosi boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Levy, Dawn. „Paul Cohen, winner of world's top mathematics prize, dies at 72“. Stanford Report (28-mart 2007-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2007-yil.
  2. Pearce, Jeremy. „Paul J. Cohen, Mathematics Trailblazer, Dies at 72“ (2-aprel 2007-yil).
  3. Macintyre, A.J. "Paul Joseph Cohen" Wayback Machine saytida arxivlandi (2010-12-25)., London Mathematical Society. Accessed March 3, 2011. "Cohen's origins were humble. He was born in Long Branch, New Jersey on 2 April 1934, into a Polish immigrant family."
  4. 4,0 4,1 Albers, Donald J.; Alexanderson, Gerald L.; Reid, Constance, muh. (1990), „Paul Cohen“, More Mathematical People, Harcourt Brace Jovanovich, 42–58-bet.