James Arthur
Qiyofa
| James Arthur | |
|---|---|
| Tavalludi |
18-may 1944-yil Hamilton, Ontario, Kanada |
| Fuqaroligi | Kanada |
| Sohasi | Matematika |
| Ish joylari |
Yale universiteti Duke universiteti Toronto universiteti |
| Taʼlimi |
Toronto universiteti Yale universiteti |
| Akademik rahbarlari | Robert Langlands |
| Mashhur ishlari |
Arthur–Selberg iz formulasi Arthur gipotezalari |
| Mukofotlari |
John L. Synge mukofoti (1987) Jeffery–Williams mukofoti (1993) CRM-Fields-PIMS mukofoti (1997) Henry Marshall Tory medali (1997) Gerhard Herzberg fan va muhandislik oltin medali (1999) Wolf mukofoti (2015) Leroy P. Steele mukofoti (2017) |
James Arthur (talaffuzi: Jeyms Artur) (1944-yil 18-mayda tugʻilgan)[1] — kanadalik matematik. Avtomorfik shakllar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2015-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Arthur 1962-yil Upper Canada kollejini tamomlagan[2]. 1966-yil Toronto universitetidan B.Sc. darajasini, 1967-yil ayni universitetidan M.Sc. darajasini olgan. 1970-yil Robert Langlands rahbarligida Yale universitetidan Ph.D. darajasini olgan.
Olim Arthur–Selberg iz formulasi bilan tanilgan. Xususan, u Arthur–Selberg iz formulasini reduktiv guruhlar uchun umumlashtirgan. Shuningdek, olim reduktiv guruhlar boʻyicha Arthur gipotezalari muallifidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „James Greig Arthur“. International Mathematical Union. 2011-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-aprel.
- ↑ „UCC community members join Order of Canada“ (en). Upper Canada College (2019-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |