Manjul Bhargava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Manjul Bhargava
Tavalludi 8-avgust 1974-yil (1974-08-08) (49 yosh)
Hamilton, Ontario
Fuqaroligi Kanada
AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Princeton universiteti
Leiden universiteti
Haydarobod universiteti
Akademik rahbarlari Andrew Wiles
Mashhur shogirdlari Alison Miller
Melanie Wood
Evan O'Dorney
Mashhur ishlari Bhargava kubi
Bhargava faktoriali
15 va 290 teoremalari
Mukofotlari Hertz stipendiyasi (1996)
Hoopes mukofoti (1996)
Morgan mukofoti (1996)
Hasse mukofoti (2003)
Blumenthal mukofoti (2005)
SASTRA Ramanujan mukofoti (2005)
Clay Research mukofoti (2005)
Cole mukofoti (2008)
Fermat mukofoti (2011)
Infosys mukofoti (2012)
Fields medali (2014)
Qirollik jamiyatining xodimi (2019)

Manjul Bhargava (1974-yil 8-avgustda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Bhargava sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Bhargavaning ota-onasi Hindistondan Kanadaga koʻchib borgan. Bhargava tugʻilgandan keyin esa AQShga koʻchib borishgan. Onasining kasbi matematik boʻlib, universitetda dars bergan va unga matematikadan saboq bergan. Bhargava 1996-yilda Harvard universitetidan bakalavr darajasini olgan. 2001-yilda Princeton universitetida matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2003-yildan beri Princeton universitetida, 2010-yildan beri parallel ravishda Leiden universitetida dars berib keladi.

Bhargava mahorat bilan tabla chaladi. Asbobni chalishni Zokir Hussyn kabi gurulardan oʻrgangan. Shuningdek, sanskrit tili va qadimiy Hindiston tarixi boʻyicha mutaxassis boʻlmish bobosi Purushottam Lal Bhargavadan sanskritchani oʻrgangan.