Jesse Douglas
Jump to navigation
Jump to search
Jesse Douglas | |
---|---|
Tavalludi |
3-iyul 1897-yil New York shahri, New York, AQSh |
Vafoti |
7-sentabr 1965-yil (68 yoshda) New York shahri, New York, AQSh |
Mashhur sovrinlari |
Fields medali (1936) Bôcher memorial mukofoti (1943) |
Jesse Douglas (talaffuzi: Jessi Duglas) (3-iyul 1897 – 7-sentabr 1965) – amerikalik matematik. Douglas Plateau masalasiga topgan umumiy yechimi bilan tanilgan. 1936-yil Lars Ahlfors bilan birgalikda ilk Fields medali bilan taqdirlangan.
Douglas 1916-yil New York shahar kollejidan matematika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1920-yil Columbia universitetidan PhD darajasini olgan. Douglas umrining oxirigacha New York shahar kollejida matematikadan saboq bergan.
Olim 1760-yilda Joseph-Louis Lagrange oʻrtaga tashlaganidan beri yechimi topilmay kelgan Platea masalasini hal qilgan. Masala „sovun pufagi masalasi“ nomi bilan ham maʼlum. 1943-yil Amerika matematika jamiyati Douglasni Bocher memorial mukofoti bilan taqdirlgan.
![]() |