Michael Freedman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Michael Freedman
Tavalludi 21-aprel 1951 (1951-04-21) (68 yosh)
Los Angeles, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Microsoft Research
California universiteti, Santa Barbara
California universiteti, San Diego
Perspektiv tadqiqotlar instituti
California universiteti, Berkeley
Alma mater Princeton universiteti
California universiteti, Berkeley
Akademik rahbarlari William Browder
Mashhur shogirdlari Ian Agol
Mashhur ishlari Umumlashtirilgan Poincaré gipotezasi 4-oʻlchamda
Mashhur sovrinlari Sloan tadqiqot stipendiyasi (1980)
MacArthur stipendiyasi (1984)
Oswald Veblen geometriya mukofoti (1986)
Fields medali (1986)
Milliy fan medali (1987)
Guggenheim stipendiyasi (1994)

Michael Freedman (talaffuzi: Maykl Fridman) (1951-yil 21-aprelda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Santa Barbaradagi California universiteti qoshidagi Microsoft Research institutida faoliyat yuritadi. U yerda topologik kvant kompyuter yaratish ustida ishlamoqda. Freedman 1986-yilda Umumlashtirilgan Poincaré gipotezasi boʻyicha ishlari uchun Fields medali bilan taqdirlangan. Freeman Robion Kirby bilan birgalikda gipoteza n = 4 uchun ham toʻgʻri ekanligini koʻrsatib bergan. Hozirda u Santa-Barbara Kaliforniya universitetida ishlaydi,

Freedman Los-Angelesda yahudiylar oilasida tugʻilgan. Yozuvchi David Freedmanning nevarasi. Freedman 1968-yilda Berkleydagi California universiteti oʻqishga kirdi, soʻngra Princeton universitetida oʻqishni davom ettirdi. U erda 1973-yilda William Browder rahbarligida yozilgan „Kodimensiya-ikki jarrohligi“ (inglizcha: Codimension-Two Surgery) dissertatsiyasini yoqlab, falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. Soʻngra Freedman Berkleydagi California universitetida matematika professori etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 1973–1975-yillarda ishlagan. 1975-yil Princeton shtatidagi Perspektiv tadqiqotlar institutiga aʼzo boʻlgan. 1976-yilda u San Diegodagi California universiteti matematika kafedrasida toʻngʻich oʻqituvchi lavozimiga tayinlandi.

Freedman Sloan tadqiqot stipendiyasi (1980), MacArthur stipendiyasi (1984), Oswald Veblen geometriya mukofoti (1986), Milliy fan medali (1987), Guggenheim stipendiyasi (1994) kabi koʻplab mukofotga sazovor boʻlgan. U AQSh milliy fanlar akademiyasining, Amerika san'at va fan akademiyasining hamda Amerika matematika jamiyatining aʼzosidir.