Hugo Duminil-Copin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hugo Duminil-Copin
Hugo Duminil-Copin in Oberwolfach.jpg
Duminil-Copin 2014-yil
Tavalludi 26-avgust 1985-yil
Châtenay-Malabry, Île-de-France, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Ish joylari
Taʼlimi
Akademik rahbarlari Stanislav Smirnov
Mashhur sovrinlari
Vebsayt https://archive-ouverte.unige.ch/unige:18929

Hugo Duminil-Copin (talaffuzi: Yugo Dyuminil-Kopen) (1985-yil 26-avgustda tugʻilgan) — fransiyalik matematik, professor. Ehtimollar nazariyasi boʻyicha mutaxassis. Oliy ilmiy tadqiqot instituti va Jeneva universiteti professori. 2022-yilda Fields medali bilan taqdirlandi[1].

Duminil-Copin 1985-yil Parijda tugʻilgan. Otasi oʻrta maktabda sport oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Onasi esa boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, sobiq raqqosa boʻlgan. 2003—2005-yillarda Parijdagi Louis-le-Grand litseyida, 2006—2007-yillarda esa Ilgʻor tadqiqotlar instituti va Paris-Sud universitetida tahsil olgan. 2008-yilda Jeneva universitetiga Stanislav Smirnov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yozish uchun kelgan. 2008—2012-yillarda doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlagan. Duminil-Copin 2012-yil 27yoshida Stanislav Smirnov rahbarligi ostida PhD darajasini olgan[2]. 2013—2014-yillarda Jeneva universitetida dotsent, keyinchalik esa professor lavozimiga tayinlangan[3]. 2016-yil Oliy ilmiy tadqiqot instituti professori[4], 2019-yildan beri Yevropa akademiyasi aʼzosi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fields Medal 2022: Short citation
  2. Cepelewicz, Jordana „Hugo Duminil-Copin Wins the Fields Medal“. Quanta Magazine (5-iyul 2022-yil). 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  3. „Hugo Duminil-Copin, a French mathematician and a permanent professor at IHES, has been awarded the Fields Medal“ (inglizcha). CNRS. 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  4. „Webpage of Hugo Duminil-Copin“. www.ihes.fr. 22-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2020-yil.
  5. Hasani, Ilire; Hoffmann, Robert „Academy of Europe: Duminil-Copin Hugo“. Academy of Europe. 11-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]