Marina Vyazovskaya
Marina Sergeyevna Vyazovskaya | |
---|---|
Tavalludi |
2-dekabr 1984-yil Kiyev, Ukraina SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Ukraina[1] |
Sohasi | Matematika, Sonlar nazariyasi |
Ish joylari | Berlin matematika maktabi, Berlin universiteti |
Taʼlimi | Kiyev universiteti |
Akademik rahbarlari | Igor Shevchuk, Don Zagier |
Mukofotlari |
Salem mukofoti (2016) SASTRA Ramanujan mukofoti (2017) Klay matematika instituti mukofoti (2017) Matematika boʻyicha ilmiy yutuq mukofoti (2018) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2020) Fields medali (2022) |
Marina Sergeyevna Vyazovskaya (ukraincha: Мари́на Сергі́ївна Вязо́вська) (2-dekabr 1984-yilda tugʻilgan[2]) — ukrainalik matematik, fizika-matematika fan nomzodi (Ukraina Milliy fanlar akademiyasi Matematika instituti, 2010), Dr. rer. nat. (Bonn universiteti, 2013). Vyazovskaya sakkiz oʻlchovli fazoda teng sferalarning zich joylashuvi masalasi yechimini topgan. Bu ishi uchun Salem mukofoti bilan taqdirlangan. 2022-yilda esa Fields medali bilan taqdirlandi. Vyazovskaya tarixda Fields medali olgan ikkinchi matematik ayol hisoblanadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vyazovskaya 1984-yilda Kiyevda tugʻilgan. Kiyevdagi 145-sonli tabiiy fanlar litseyida oʻqigan, matematika olimpiadalarida qatnashgan. Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetining mexanika-matematika fakultetida tahsil olgan. 2002–2005-yillarda matematika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasida sovrinli oʻrinlarni egallagan. 2002–2005-yillarda esa birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng u Germaniyada oʻqishni davom ettirgan va 2007-yilda Kaiserslautern shahrida magistr darajasini olgan.
2010-yil may oyida Ukraina milliy fanlar akademiyasining Matematika institutida „Koʻpnomlar va ratsional funksiyalar uchun tengsizliklar hamda sohadagi kvadratura formulalari“[3] mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2013-yilda Bonn universitetidan PhD darajasini olgan. Uning „Modulli funksiyalar va maxsus sikllar“ (inglizcha: Modular Functions and Special Cycles) nomli doktorlik dissertatsiyasi Don Zagier rahbarligida yozilgan boʻlib, analitik sonlar nazariyasi mavzusidadir[4].
Vyazovskaya Berlin matematika maktabi va Berlin Gumboldt universitetida tadqiqotchi oʻlaroq ishlagan[5]. 2020-yildan Shveysariyaning Lozanna federal politexnika maktabining professori boʻlib ishlab kelmoqda.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vyazovskayaning turmush oʻrtogʻi fizik Danel Evtushinskiydir. Ularning bir oʻgʻli[6] va bir qizi[7] bor.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Salem mukofoti (2016)
- Klay matematika instituti mukofoti (2017)
- SASTRA Ramanujan mukofoti (2017)
- Kombinatorika boʻyicha Yevropa mukofoti (2017)
- Matematika boʻyicha ilmiy yutuq mukofoti (2018)[8]
- Fermat mukofoti (2019)
- Ruth Lyttle Satter matematika mukofoti (2019)
- Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2020)
- Fields medali (2022)[9]
- 1-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2022-yil 13-iyul, Ukraina) — jahon ilm-fani rivojiga, milliy matematika maktabini ommalashtirishga, Ukraina davlati nufuzini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi uchun[10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Maryna Viazovska“. German National Library. 2018-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-aprel.
- ↑ „Вязовська М. С. — Каталоги“. НБУВ ім. Вернадського. 2014-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-aprel.
- ↑ Viazovska, Maryna. „Modular Functions and Special Cycles“. Doctoral dissertation. Bonn universiteti (2013). 2017-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-aprel.
- ↑ {{{заглавие}}}.
- ↑ {{{заглавие}}}.
- ↑ Lin, Thomas; Klarreich, Erica In Times of Scarcity, War and Peace, a Ukrainian Finds the Magic in Math Quanta Magazine
- ↑ „Breakthrough Prize — Breakthrough Prize — «The Oscars Of Science» — Celebrates Top Achievements In Physics, Life Sciences & Mathematics, Awards $22 Million In Prizes…“. 2017-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
- ↑ „Fields Medals 2022“ (en). International Mathematical Union. Xalqaro matematika ittifoqi.
- ↑ Ukaz Prezidenta Ukraini ot 13 iyulya 2022 goda № 496/2022 "O nagrajdenii Vyazovskoy M. S. ordenom „Za zaslugi“