Hans Lewy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hans Lewy
Tavalludi 20-oktyabr 1904-yil
Breslau (hozirgi Wrocław), Germaniya
Vafoti 23-avgust 1988-yil(1988-08-23)
(83 yoshda)
Berkeley, California, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi matematik
Ish joylari Brown universiteti
California universiteti, Berkeley
Minnesota universiteti
Göttingen universiteti
Taʼlimi Göttingen universiteti
Akademik rahbarlari Richard Courant
Mashhur shogirdlari David Kinderlehrer
Mashhur ishlari Courant–Friedrichs–Lewy kriteriyi, Lewy misoli
Mukofotlari Wolf mukofoti (1986)

Hans Lewy (talaffuzi: Hans Levi) (20-oktyabr 1904-yil — 23-avgust 1988-yil) — Germaniyada tugʻilgan amerikalik matematik. Qisman differensial tenglamalar hamda koʻp sonli murakkab oʻzgaruvchili funskiyalar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1986-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Lewy 1922-yil Göttingen universitetiga qabul qilingan. 1926-yil universitetdan PhD darajasini olgan. 1933-yil Adolf Hitler hokimiyat tepasiga kelganidan keyin, avval Italiya va Fransiyada yashagan, soʻngra AQShga koʻchib ketgan. Karyerasi davomida Brown, California, Harvard, Stanford va Minnesota universitetlarida ishlagan.

Lewy qisman differensial tenglamalar sohasiga qoʻshgan salmoqli hissasi bilan tanilgan. 1957-yil ikkinchi darajali chiziqli qisman differensial tenglamalar misolini keltirgan, natijada differensial tenglamalar sohasida yirik oʻzgarishlar boshlangan. Olim, shuningdek, koʻp sonli murakkab oʻzgaruvchilar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Courant–Friedrichs–Lewy kriteriyi uning nomi bilan ataladi.