Lars Ahlfors
Lars Ahlfors | |
---|---|
![]() Lars Ahlfors | |
Tavalludi |
18-aprel 1907-yil Helsinki, Finlandiya |
Vafoti |
11-oktabr 1996-yil (89 yoshda) Pittsfield, Massachusetts, AQSh |
Institutlar | Helsinki universiteti |
Mashhur shogirdlari |
Paul Garabedian Dale Husemoller Albert Marden Robert Osserman Henry Pollak Halsey Royden George Springer |
Mashhur ishlari | Riemann yuzalari |
Mashhur sovrinlari |
Fields medali (1936) Wihuri mukofoti (1968) Wolf mukofoti (1981) Leroy P. Steele mukofoti (1982) |
Lars Ahlfors (talaffuzi: Lars Alfors) (18-aprel 1907 – 11-oktabr 1996) – finlandiyalik matematik. Ahlfors Riemann yuzalari sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. 1936-yil Jesse Douglas bilan birgalikda ilk Fields medali bilan taqdirlangan.
Ahlfors Helsinki shahrida tugʻilgan. Onasi Sievä Helander uni tugʻayotib vafot etgan. Ahlfors 1928-yil Helsinki uninversitetini tamomlagan. 1930-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. 1933–1936-yillarda shu universitetda ishlagan. 1946- yildan 1977-yil nafaqaga chiqqunicha Harvard universitetida ishlagan. Shuningdek, 1962–1966-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida mehmon professor oʻlaroq ishlagan.
Ahlforsning „Kompleks analiz“ (inglizcha: Complex Analysis) (1953) kitobi ushbu sohadagi klassik asarga aylangan. Shuningdek, „Riemann yuzalari“ (inglizcha: Riemann surfaces) (1960) hamda „Konform invariantlar“ (inglizcha: Conformal invariants) (1973) kitoblari muallifi. Olim 1968-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
![]() |
|