Robert Langlands

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Robert Langlands
Tavalludi 6-oktabr 1936 (1936-10-06) (83 yosh)
Yangi Westminster, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada
Fuqaroligi Kanada/AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Princeton universiteti,
Yale universiteti,
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Akademik rahbarlari Cassius Ionescu-Tulcea
Mashhur shogirdlari James Arthur
Thomas Callister Hales
Diana Shelstad
Mashhur ishlari Langlands dasturi
Mashhur sovrinlari Jeffery–Williams mukofoti (1980)
Cole mukofoti (1982)
Wolf mukofoti (1995-96)
Steele mukofoti (2005)
Nemmers mukofoti (2006)
Shaw mukofoti (2007)
Abel mukofoti (2018)
Order of Canada (2019)

Robert Langlands (talaffuzi: Robert Lenglends) (1936-yil 6-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Langlends Langlands dasturi asoschisi oʻlaroq tanilgan. 1996-yil Wolf mukofoti, 2018-yili Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Langlands 1957-yilda Britaniya Kolumbiyasi universitetidan bakalavr darajasini, 1958-yilda esa magistr darajasini olgan. Shundan soʻng u Yale universitetiga oʻqishga oʻtgan va 1960-yilda PhD ilmiy darajasini olgan. Olim 1967-yilgacha Princeton universitetida va 1967–1972-yillarda Yale universitetida ishlagan. Langlandsni 1972-yilda Perspektiv tadqiqotlar institutiga professor boʻlib ishlashga taklif qilishgan va u 2007-yilda isteʼfoga chiqquniga qadar shu lavozimda ishlagan.

Olim Langlands dasturi nomi bilan maʼlum boʻlgan ilmiy ishlari va gipotezalari bilan shuhrat qozongan. Dastur gavdalantirish teoriyasi hamda avtmomorfik formalarni sonlar nazariyasidagi Galois guruhlari bilan bogʻlovchi bir necha gipoteza va natijani oʻz ichiga oladi. Langlands Perspektiv tadqiqotlar institutida Albert Einsteinning ofisida ishlagan. Langlands matematikadan tashqari tilshunoslikka ham qiziqadi. Fransuz, turk, nemis va rus tillarini biladi.