Artur Avila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Artur Avila
Tavalludi 29-iyun 1979 (1979-06-29) (40 yosh)
Rio de Janeiro, Braziliya
Fuqaroligi Braziliya, Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Zurich universiteti
Centre national de la recherche scientifique
Paris Diderot universiteti
Instituto Nacional de Matemática Pura e Aplicada
Akademik rahbarlari Welington de Melo
Mashhur ishlari Dinamik tizimlar
Spektral nazariya
Zorich–Kontsevich gipotezasi
Mashhur sovrinlari Xalqaro matematika olimpiadasi oltin medali (1995)
Salem mukofoti (2006)
Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2008)
Michael Brin dinamik tizimlar mukofoti (2011)
TWAS mukofoti (2013)
Fields medali (2014)

Artur Avila (1979-yil 29-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik matematik. Avila asosan dinamik tizimlar va spektral nazariya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Avila 1995-yil 16 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Bakalavr darajasini Rio de Janeiro federal universitetidan olgan. 19 yoshida dinamik tizimlar teoriyasi boʻyicha doktorlik ishini yoza boshlagan. 2001-yil uni tamomlab, PhD darajasini olgan.

2001-yil Fransiyaga koʻchib borib, Jean-Christophe Yoccoz rahbarligida post-doktorantura ilmiy ishlar ustida ishlay boshlagan. Olim 2003-yildan beri Fransiyaning Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida (fransuzcha: Centre national de la recherche scientifique) ishlab keladi. Avila 2008-yil ushbu markazning tadqiqot direktori etib tayinlangan.