Ennio de Giorgi
| Ennio De Giorgi | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
8-fevral 1928-yil Lecce, Italiya |
| Vafoti |
25-oktyabr 1996-yil (68 yoshda) Pisa, Italiya |
| Fuqaroligi | Italiya |
| Sohasi | Matematika |
| Institutlar | Pisa oliy normal maktabi |
| Akademik rahbarlari | Mauro Picone |
| Mashhur shogirdlari | |
| Mashhur ishlari |
Caccioppoli toʻplami Hilbertning 19-masalasi yechimi Minimal sath |
| Mukofotlari |
Caccioppoli mukofoti (1960) Wolf mukofoti (1990) |
Ennio De Giorgi (talaffuzi: Ennio De Jorji) (8-fevral 1928-yil – 25-oktyabr 1996-yil) — italiyalik matematik. Giorgi qisman differensial tenglamalar hamda matematika asoslari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1990-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Giorgi koʻplab mukofot va sovrin bilan taqdirlangan. 1993-yil Paris unviversitetidan matematika boʻycha, 1992-yil esa Lecce universitetidan falsafa boʻyicha faxriy darajalarni olgan. 1995-yil AQSh Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan.
Giorgi minimal sathlar boʻyicha Bernstein masalasini yechgan. 1957-yil elliptik qisman differensial tenglamalar boʻyicha Hilbertning 19-masalasi yechimini topgan. Giorgidan mustaqil tarzda John Nash ham ayni masala ustida ishlayotgan boʻlgan va ikki olim alohida yechim topgan.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |