Karen Uhlenbeck
Karen Uhlenbeck | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
24-avgust 1942-yil (79 yosh) Cleveland, Ohio, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Perspektiv tadqiqotlar instituti Texas universiteti, Austin Chicago universiteti Illinois universiteti, Chicago Illinois universiteti, Urbana-Champaign |
Akademik rahbarlari | Richard Palais |
Mashhur ishlari |
Oʻzgarishlar matematikasi Geometrik analiz Minimal saths Yang–Mills nazariyasi |
Mashhur sovrinlari |
MacArthur stependiyasi Milliy ilmiy medali (2000) Steele mukofoti (2007) Abel mukofoti (2019) |
Karen Uhlenbeck (talaffuzi: Karen Ulenbek) (1942-yil 24-avgustda tugʻilgan) — amerikalik matematik. 2019-yilda Uhlenbeck Abel mukofoti bilan taqdirlangan ilk ayol matematik boʻldi. Olima zamonaviy geometrik analizning asoschilaridan biri hisoblanadi.
Uhlenbeck 1964-yil Michigan universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1965-yil New York universitetidagi Courant matematik fanlar institutida magistratura boshlagan va biofizik Olke C. Uhlenbeckka (fizik George Uhlenbeckning oʻgʻli) turmushga chiqqan. Turmush oʻrtogʻi Harvardga borganida u bilan birga borgan va Brandeis universitetida qayta oʻqishni boshlagan. 1966-yil ushbu universitetdan magistr va 1968-yili Richard Palais rahbarligida PhD darajasini olgan.
Ayni damda Uhlenbec Austindagi Texas universiteti faxriy professori. Shuningdek, Perspektiv tadqiqotlar institutida faxriy „mehmon“ professor. 1986-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi. 2000-yil AQSh Milliy fan medali bilan, 2007-yil Steel mukofoti bilan taqdirlangan.
|
![]() |