Jacques Tits
Jacques Tits | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
12-avgust 1930-yil (90 yosh) Uccle, Brussel Poytaxt Regioni, Belgiya |
Istiqomat joylari | Fransiya |
Fuqaroligi |
Belgiya (1930-1974) Fransiya (1974-yildan) |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Brussels erkin universiteti Brussel Vrije universiteti Bonn universiteti Fransiya kolleji Fransiya fanlar akademiyasi |
Akademik rahbarlari | Paul Libois |
Mashhur shogirdlari |
Francis Buekenhout Jens Carsten Jantzen Karl-Otto Stöhr |
Mashhur ishlari | Tits imorati, Tits alternativasi, Tits guruhi, Tits oʻlchovi |
Mashhur sovrinlari |
Wolf mukofoti (1993) Cantor medali (1996) Abel mukofoti (John Thompson bilan birgalikda) (2008) |
Jacques Tits (talaffuzi: Jak Tits) (1930-yil 12-avgustda tugʻilgan) — belgiyalik-fransiyalik matematik. Guruh teoriyasi va insidentlik geometriyasi sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1993-yil Wolf mukofoti, 2008-yil John Thompson bilan birgalikda Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Tits 1930-yilda Brussel Poytaxt Regionining Uccle kommunasida tugʻilgan. Brussel erkin universitetida tahsil olgan. 1950-yilda ayni universitetda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1974-yilda Fransiya fuqaroligini qabul qilgan.
Tits 1956-1964-yillarda Brussel erkin universitetida, 1964-1974-yillarda Bonn universitetida dars bergan. 1974-yildan boshlab Fransiya kollejida ishlagan, 2000-yilga kelib kesa yoshga chiqqani uchun lavozimini tark etgan. Olim Tits imorati, Tits alternativasi, Tits guruhi hamda Tits oʻlchovi kabi tushunchalar muallifidir.
![]() |
|