Wendelin Werner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Wendelin Werner
Tavalludi 23-sentabr 1968 (1968-09-23) (51 yosh)
Cologne, Germaniya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari ETH Zurich
Akademik rahbarlari Jean-François Le Gall
Mashhur shogirdlari Vincent Beffara (de) Julien Dubédat (de) Christophe Garban
Mashhur sovrinlari Heinz Gumin mukofoti (2016)
Fields medali (2006)
Pólya mukofoti (2006)
Loève mukofoti (2005)
Fermat mukofoti (2001)
EMJ mukofoti (2000)
Davidson mukofoti (1998)

Wendelin Werner (talaffuzi: Vendelin Verner) (1968-yil 23-sentabrda tugʻilgan) — nemis millatiga mansub fransuz matematigi. Tasodifiy daydishlar, Brown harakati, Schramm–Loewner evolutsiyasi hamda ehtimollik nazariyasi va matematik fizika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Werner 2006-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.

Werner 1968-yilda Germaniyaning Cologne shahrida tugʻilgan. 1977-yilda Fransiya fuqaroligini olgan. Werner 1993-yilda Pierre-et-Marie-Curie universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991–1997-yillarda Fransiya Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Werner 2008-yilda Fransiya fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan.

Werner 1982-yilda Romy Schneider ishtirokidagi „Sans-Soucilik oʻtkinchi“ (fransuzcha: La passante du Sans-Souci) badiiy filmida suratga tushgan. Ayni damda Werner Zurich Shvetsariya oliy texnika maktabi professoridor.