Samuel Eilenberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Samuel Eilenberg
Tavalludi 30-sentabr 1913-yil(1913-09-30)
Varshava, Polsha, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 30-yanvar 1998-yil(1998-01-30)
(84 yoshda)
New York, AQSh
Fuqaroligi Polsha, Amerika
Sohasi Matematika
Ish joylari Columbia universiteti
Alma mater Varshava universiteti
Akademik rahbarlari Kazimierz Kuratowski
Karol Borsuk
Mashhur shogirdlari Jonathan Beck
David Buchsbaum
Martin Golumbic
Daniel Kan
William Lawvere
Ramaiyengar Sridharan
Myles Tierney
Mashhur ishlari Eilenberg–Steenrod aksiomalari
Mashhur sovrinlari Wolf mukofoti (1986)
Steele mukofti (1987)

Samuel Eilenberg (talaffuzi: Samuel Eylenberg) (30-sentabr 1913-yil — 30-yanvar 1998-yil) — Polshada tugʻilgan amerikalik matematik. Eilenberg algebraik topologiya va gomologik algebra sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1986-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Eilenberg 1936-yilda Varshava universitetida polshalik matematik Karol Borsuk rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1939-yilda natsistlarning Polshani bosib olishi xavfi va otasining qistovi bilan AQShga koʻchib ketgan, 1948-yilda AQSh fuqaroligini olgan. 1940–1946-yillarda Michigan universitetida, 1946–1947-yillarda Indiana universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1947-yildan 1982-yilgacha Columbia universitetida dars bergan.

Eilenberg asosiy ishlarini algebraik topologiya sohasida yozgan. Norman Steenrod bilan hamkorlikda gomologiyaga doir aksiomalar ustida ishlagan. Bu aksiomalar bugungi kunda Eilenberg–Steenrod aksiomalari nomi bilan tanilgan. Olim, shuningdek, Saunders Mac Lane bilan hamkorlikda turkum nazariyasini ishlab chiqqan.