Jean-Christophe Yoccoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Jean-Christophe Yoccoz
Tavalludi 29-may 1957-yil(1957-05-29)
Paris, Fransiya
Vafoti 3-sentabr 2016-yil(2016-09-03)
(59 yoshda)
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Institutlar Laurent-Schwartz matematika markazi
Paris-Sud universitetiCollège de France
Alma mater Oliy normal maktab
Politexnika maktabi
Akademik rahbarlari Michael Herman
Mashhur shogirdlari Sylvain Crovisier
Ricardo Pérez-Marco
Mashhur ishlari Dinamik tizimlar
Yoccoz masalasi
Mashhur sovrinlari Salem mukofoti (1988)
Fields medali (1994)
Ilmiy xizmatlari uchun Braziliya milliy orderi (1998)

Jean-Christophe Yoccoz (talaffuzi: Jan-Kristof Yokkoz) (29-may 1957-yil - 3-sentabr 2016-yil) — fransiyalik matematik. Dinamik tizimlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Yoccoz Kolmogorov–Arnold–Moser teoremasini takomillashtirgan, Julia koʻpliklarini oʻrganishda qoʻl kelgan Yoccoz masalasi uslubini taklif qilgan.

Yoccoz 1994-yil Braziliya fanlar akademiyasi hamda Fransiya fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan. Oʻsha yili Fields medali bilan taqdirlangan. 1995-yil Fransiya Faxriy legioni ordeni kavaleri etib tayinlangan. 1998-yil esa Ilmiy xizmatlari uchun Braziliya milliy orderi bilan taqdirlangan.

Yoccoz 1973-yil Xalqaro matematika olimpiadasida kumush medalni, 1974-yilda esa oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1977-yil Parisdagi Oliy normal maktabni tamomlagan. Braziliyada harbiy xizmatni oʻtaganidan keyin, 1985 yil Laurent-Schwartz matematika markazida Michael Herman rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1987-yil Paris-Sud universitetida ishlay boshlagan. 1997-yildan oʻlimiga qadar Collège de Franceda ishlagan.