Isadore Singer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Isadore Singer
Tavalludi 3-may 1924 (1924-05-03) (96 yosh)
Detroit, Michigan, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Massachusetts texnologiya instituti, California universiteti, Berkeley, California universiteti, Los Angeles
Akademik rahbarlari Irving Segal
Mashhur shogirdlari Richard Bishop
Andrew Browder
David Gregory Ebin
Dan Freed
Conan Nai-Chung Leung
John Lott
Hugo Rossi
Linda Linda Rothschild
Gerald Schwarz
Nancy Stanton
Mashhur ishlari Atiyah–Singer indeks teoremasi
Mashhur sovrinlari Bôcher Memorial mukofoti (1969)
Milliy fan medali (1983)
Wigner medali (1988)
Steele mukofoti (2000)
Abel mukofoti (2004)

Isadore Singer (talaffuzi: Izador Zinger) (1924-yil 3-mayda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Singer 1962-yilda Michael Atiyah bilan hamkorlikda Atiyah-Singer indeks teoremasini isbotlab, shuhrat qozongan. Ikki olim bu ishlari uchun 2004-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Singer avval Michigan universitetida, keyin Chicago universitetida tahsil olgan. Soʻnggra Berkeleydagi California universitetida, keyinchalik Massachusetts texnologiya institutida ishlagan. 1980-yillarda Shiing-Shen Chern va Calvin Moore bilan Matematika fanlari tadqiqot institutiga (inglizcha: Mathematical Sciences Research Institute, MSRI) asos solgan.

Singer 2000-yil Steele mukofoti bilan taqdirlangan. Olim AQSh Milliy fanlar akademiyasining, Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining hamda Amerika matematika jamiyatining toʻliq aʼzosidir.