Hassler Whitney

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Hassler Whitney
Tavalludi 23-mart 1907-yil(1907-03-23)
New York
Vafoti 10-may 1989-yil(1989-05-10)
(82 yoshda)
Princeton, New Jersey
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar
Akademik rahbarlari George David Birkhoff
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari
Mashhur sovrinlari

Hassler Whitney (talaffuzi: Xassler Uitni) (23-mart 1907-yil — 10-may 1989-yil) — amerikalik matematik. Singularlik (oʻzgachalik) nazariyasi asoschilaridan bir. Shuningdek, differentsial geometriya va topologiya, algebraik topologiya, halokatlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1983-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Whitney 1928- va 1929-yillarda Yale universitetidan mos ravishda fizika va musiqa boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1932-yilda Harvard universitetidan matematika boʻyicha PhD ilmiy darajasini olgan. Olim 1930–1931-yillarda Harvard universitetida matematika oʻqituvchisi va 1934–1935-yillarda yordamchi professor lavozimida ishlagan.

Whitney algebraik va, ayniqsa, differensial topologiya sohasiga salmoqli hissa qoʻshdi. Uning asosiy natijalaridan biri sanoqli bazaga ega umumiy silliq xilma-xillikning ikki baravargacha katta boʻlgan Euclid fazosiga joylashtirish teoremasidir. Shuningdek, uning xarakterli sinflar va vektorli toʻplamlar boʻyicha ishlari ham eʼtiborga loyiq.