Parij

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Parisdan yoʻnaltirildi)
Parij
Shahar
La Tour Eiffel vue de la Tour Saint-Jacques, Paris août 2014 (2).jpg
Arc de Triomphe HDR 2007.jpg
Paris Opera full frontal architecture, May 2009 (cropped).jpg
Louvre Courtyard, Looking West.jpg
Parij
Bayroq
Parij
Gerb
48°51′25″N 2°21′5″E / 48.85694°N 2.35139°E / 48.85694; 2.35139 G OKoordinatalari: 48°51′25″N 2°21′5″E / 48.85694°N 2.35139°E / 48.85694; 2.35139 G O
Mamlakat Fransiya
Mintaqa Île-de-France
Departament Parij
Ichki boʻlinishi 20 ta arrondissement
Hukumat
 • Mer Anne Hidalgo
Maydon 105.4 km2 (40.7 mi²)
Markazi balandligi 131 m
Aholisi
 (2019)
2 165 423
Zichligi 21 000 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Pochta indeks(lar)i 75001-75020, 75116
Parij xaritada
Parij
Parij

Parij (fransuzcha: Paris; fransuzcha talaffuzi: pagʻiFransiyaning poytaxti va aholisi boʻyicha eng yirik shahridir. 2019-yil holatiga koʻra, shahar aholisi 2 165 423 nafar kishini tashkil etadi[1]. Maydoni 105 km2 (41 mi2) ga teng boʻlib, jahondagi 34-aholi eng zich joylashgan shahardir (2020)[2]. XVII asrdan beri Parij dunyoning eng yirik moliya, diplomatiya, savdo-sotiq va moda markazlaridan biri boʻlib kelmoqda[3]. Bundan tashqari, Parij shahri Fransiya aholising qariyb 19 foizi (12 262 544 nafar kishi) istiqomat qiluvchi Île-de-France mintaqasining bosh shahri hisoblanadi[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pariziylar tomonidan zarb qilingan oltin tangalar (miloddav avvalgi 1-asr)

Miloddan avvalgi 1-asrda hozirgi Parij oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lutetsiya qishlogʻi bor edi[5][6]; rimliklar davrida yirik savdo markazi, milodiy 3—4-asrlarda Pariziya (fransuzcha: Parisii; galcha: Parisioi) deb atalgan („Parij“ nomi shundan olingan)[7]. 497-yildan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886-yillarda Parij normannlar qamaliga bardosh bergan. 987-yildan Parij fransuz qirolligi poytaxti. 14—15-asrlarda Parij bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) Parij inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436-yilgacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-asrdagi diniy urushlarda Parijning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-asrning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-asrda Parij Yevropaning madaniy markaziga aylangan. Fransiya— Prussiya urushi (1870—71) davrida Parijni olmon qoʻshinlari bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida Parij hitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944-yil 19—25-avgustda ulardan ozod qilindi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar iqlimi — yumshoq, moʻtadil, dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3,4 °C, iyulniki 18,8 °C. Yillik yogʻin — 645 mm.

Parij (1872 – hozirgacha) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 7,6 8,8 12,8 16,6 20,2 23,4 25,7 25,6 21,5 16,5 11,1 8,0 16,5
Oʻrtacha minimal, °C 3,2 3,3 5,6 7,9 11,1 14,2 16,2 16,0 13,0 9,9 6,2 3,8 9,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 47,6 41,8 45,2 45,8 69,0 51,3 59,4 58,0 44,7 55,2 54,3 62,0 634,3
Manba: Meteo France (1981-2010)[8], Infoclimat.fr[9]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
1150 50 000—    
1200 120 000+1.77%
1328 200 000+0.40%
1365 275 000+0.86%
1422 100 000−1.76%
1500 150 000+0.52%
YilAholi±% y.oʻ.s.
1565 294 000+1.04%
1590 300 000+0.08%
1637 415 000+0.69%
1680 515 000+0.50%
1750 576 000+0.16%
1789 650 000+0.31%
YilAholi±% y.oʻ.s.
1801 547 800−1.42%
1810 714 600+3.00%
1851 1 053 000+0.95%
1872 1 851 702+2.72%
1881 2 240 000+2.14%
1901 2 714 000+0.96%
YilAholi±% y.oʻ.s.
1926 2 871 000+0.23%
1954 2 850 000−0.03%
1975 2 300 000−1.02%
1999 2 125 000−0.33%
2007 2 143 000+0.11%
2017 2 187 526+0.21%
Manba: [10]

Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

La Défense tumani[11]
Eiffel minorasi va La Défense tumani

Parij Fransiyada ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik (xususan, avtomobilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari ishlab chiqarish, harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kimyo sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. Parijda tayyorlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiyimlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi.


Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parij halqa yoʻllari

Parij — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan bir tomonga radial ketgan temir yoʻllar 2 qator halqa yoʻl bilan birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. Parijda 1900-yildan metropoliten ishlamoqda.

Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bogʻlanib ketgan, shaklan oʻziga xos ansambllar sistemasi shahar qiyofasiga alohida xusn bagʻishlaydi. Shaharning qadimgi markazi Île de la Cité („Shahar oroli“) boʻlgan. Bu yerda gotika uslubida qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notre-Dame, 1163—1257), Sent-Shapel butxonasi (1243—48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16—17-asrlarda Parij salobatli poytaxt qiyofasiga kirgan. Koʻchalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Louvre (1546—19-asr oʻrtalari), Lyuksemburg saroyi (1615—21), Sorbonna universiteti va uningcherkovi (1629—53), Nogironlar uyi (1671—76), Nogironlar sobori (1680—1706), Vogezlar maydoni (1606—12), Val-degras monastiri (1645—71) bunyod etilgan. 18-asr va 19-asr boshlarida Parij markazida ulkan maydon barpo etildi. U Louvre maydonini, Karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli koʻchasi, Tyuilri bogʻi, Yelisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806—37) bilan birlashtiradi. Shu rayonning gʻarbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon oʻrmoniga borib taqaladi. Daryoning chap sohilida Panteon (1758— 90), Burbonlar saroyi (18—19-asrlar), Grand-Opera teatri binosi (1860—75), Eiffel minorasi (1889) qad koʻtargan. 20-asrda Parijda zamonaviy meʼmorlik uslubida Mars maydoni (1908—28), Shayo saroyi (1936), 60-yillarda va 70-yillarning boshlarida UNESCO binosi va boshqa yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod koʻprik qurilgan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parijda mamlakatning yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlari joylashgan. Parij universiteti (13-asr), Fransiya kolleji, konservatoriya, konchilik, sanʼat maktablari, qishloq xoʻjaligi instituti, Fransiya instituti (tarkibida 5 akademiya mavjud) va h.k. bor.

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parij shahrida muzeylar, 60 dan ziyod teatr, konsert zallari, yirik kutubxonalar, fazoni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va boshqalar mavjuddir.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilda Louvre muzeyiga 2,8 million kishi tashrif buyurgan[12]. Ushbu muzeyda jahonga mashhur Mona Lisa (La Joconde) portreti, Venus de Milo haykali, Liberty Leading the People surati va h.k.lar saqlanadi.

Parijning eng yirik opera teatrlari: Opéra Garnier (tarixiy Paris Opéra) va Opéra Bastille[13].

Bundan tashqari, shaharda sanoat va savdo birlashmalari, yirik mahalliy va xorijiy banklar, davlat maʼmuriy-boshqaruv idoralari, siyosiy partiyalarning rahbarlik organlari va h.k. joylashgan. Har yili Parijda savdo yarmarkalari oʻtkaziladi. Shahar atrofida oʻrmonlar saqlangan.

Parij 1900- va 1924-yillarda 2- va 8-Yozgi olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2024-yilgi Yozgi olimpiada oʻyinlariga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Populations légales 2019: Commune de Paris (75056)“. INSEE (29-dekabr 2021-yil). 22-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2022-yil.
  2. „The World's Most Densely Populated Cities“ (en-US). WorldAtlas (4-oktabr 2020-yil). 19-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  3. Definition, Map, Population, Facts, & History | Britannica“ (en). www.britannica.com. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  4. „Population légale de l’Île-de-France“. INSEE. 1-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2022-yil.
  5. Arbois de Jubainville & Dottin 1889, s. 132.
  6. Cunliffe 2004, s. 201.
  7. Lawrence & Gondrand 2010, s. 25.
  8. „Paris–Montsouris (984)“ (fr). Fiche Climatologique: Statistiques 1991–2020 et records. Meteo France. 27-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-iyul 2022-yil.
  9. „Normes et records 1961–1990: Paris-Montsouris (75) – altitude 75m“ (fr). Infoclimat. 24-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-may 2015-yil.
  10. Des villages Cassini
  11. „La Défense, Europe's largest business district“. France.fr. 30-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2013-yil.
  12. "Visitor Figures 2021", „The Art Newspaper“, 5-yanvar 2022-yil.
  13. Lawrence & Gondrand 2010, s. 178.
Adabiyotlar

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]