Alberto Calderón

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alberto Calderón
Tavalludi 14-sentyabr 1920-yil
Mendoza, Argentina
Vafoti 16-aprel 1998-yil(1998-04-16)
(77 yoshda)
Chicago, Illinois, AQSh
Fuqaroligi Argentina
Sohasi Matematika
Institutlar Chicago universiteti
Akademik rahbarlari Antoni Zygmund
Mashhur shogirdlari Irwin Bernstein
Michael Christ
Carlos Kenig
Cora Sadosky
Mashhur ishlari Qisman differensial tenglamalar
Yakka integral operatorlari
Interpolatsiya fazolari
Mukofotlari Bôcher Memorial mukofoti (1979)
Steele mukofoti (1989)
Wolf mukofoti (1989)
Milliy fan medali (1991)

Alberto Calderón (talaffuzi: Alberto Kalderon) (14-sentyabr 1920-yil — 16-aprel 1998-yil) — argentinalik matematik. Calderón Qisman differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1989-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Calderón 1920-yilda Mendoza shahrida tugʻilgan. Avval Buenos Aires universitetida qurilish muhandisligi sohasida taʼlim olgan. 1947-yilda universitetni tamomlagach, YPF davlat neft kompaniyasining geofizik boʻlimining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga ishga kirgan. Soʻngra Buenos Aires universitetida ishlagan. 1950-yil Chicago universitetidan PhD darajasini olgan.

Calderón akademik rahbari Antoni Zygmund bilan oʻttiz yil davomida ilmiy hamkorlik qilgan. Xususan, ikki olim singular integrallar boʻyicha Calderón-Zygmund teoriyasini hamda Calderón-Zygmund dekompozitsiya lemmasi ishlab chiqqan. Olim, shuningdek, Cauchy masalasini isbotlab, qisman differensial tenglamalar sohasiga ham hissa qoʻshgan.