Laurent Schwartz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Laurent Schwartz
Tavalludi 5-mart 1915-yil(1915-03-05)
Paris, Fransiya
Vafoti 4-iyul 2002-yil(2002-07-04)
(87 yoshda)
Paris, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Strasbourg universiteti
Nancy universiteti
Grenoble universiteti
Politexnika maktabi
Paris Diderot universiteti
Alma mater Oliy normal maktab
Akademik rahbarlari Georges Valiron
Mashhur shogirdlari Maurice Audin
Georges Glaeser
Alexander Grothendieck
Jacques-Louis Lions
Bernard Malgrange
André Martineau
Bernard Maurey
Leopoldo Nachbin
Henri Hogbe Nlend
Gilles Pisier
François Treves
Mashhur ishlari Taqsimot nazariyasi
Schwartz yadro teoremasi Schwartz maydoni
Schwartz-Bruhat funksiyasi
Radonlashtirish operatori
Silindr toʻplam oʻlchovi
Mashhur sovrinlari Fields medali (1950)

Laurent-Moïse Schwartz (talaffuzi: Loran Moiz Shvarts) (5-mart 1915-yil – 4-iyul 2002-yil) – fransiyalik matematik. Schwartz umumiy funksiyalar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Olim 1950-yilda ushbu sohaga qoʻshgan hissasi uchun Fields medali bilan taqdirlangan. Schwartz uzoq yillar davomida Parisdagi Oliy normal maktabda dars bergan.

Schwartz 1934-yil Oliy normal maktabga oʻqishga kirgan. 1937-yil armiyaga chaqirilgan. Fashistlar okkupatsiyasi davomida yahudiy boʻlgani uchun qalbaki hujjatlar bilan jon saqlagan. 1943-yil Strasbourg shahrida dissertatsiyasini yoqlagan. Urushdan keyin Politexnika maktabida ishlagan.

Schwartz soʻl qanot siyosiy qarashlarga ega boʻlgan. Boshida oʻzini trotskist deb hisoblagan, keyinchalik oʻzini demokratik sotsialist deb taʼriflagan. AQSh va Fransiyaning Vyetnam urushiga aralashuviga qarshi chiqqan. Shuningdek, Fransiyaning Jazoir urushiga, SSRRning Afgʻon urushiga aralashuvini qoralagan.