Sergey Novikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Petrovich Novikov
Tavalludi 20-mart 1938-yil (1938-03-20) (85 yosh)
Gorkiy (hozirgi Nijniy Novgorod), Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi SSSR SSSR bayrogʻi
Rossiya Rossiya bayrogʻi
Sohasi Matematika
Institutlar Moskva davlat universiteti
Moskva Mustaqil universiteti
Steklov nomidagi matematika instituti
Maryland universiteti
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari Mixail Postnikov
Mashhur shogirdlari Viktor Buxshtaber
Sabir Guseyn-Zade
Gennadiy Kasparov
Iskander Taymanov
Anton Zorich
Mashhur ishlari Adams–Novikov spektral ketma-ketligi
Krichever–Novikov algebrasi
Morse–Novikov teoriyasi
Novikov gipotezasi
Novikov xalqasi
Novikov–Shubin invarianti
Mukofotlari Lenin mukofoti(1967)
Fields medali (1970)
Lobachevskiy medali (1981)
Wolf mukofoti (2005)

Sergey Petrovich Novikov (ruscha: Серге́й Петро́вич Но́виков) (1938-yil 20-martda tugʻilgan) — sovet va rus matematigi. Novikov algebraik topologiya hamda soliton teoriyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1970-yilda Fields medaliga, 2005-yilda esa Wolf mukofotiga sazovor boʻlgan.

Novikov taniqli matematiklar Pyotr Novikov hamda Lyudmila Keldishlar oilasida tugʻilgan. 1960-yil Moskva davlat universitetini tamomlagan. 1964-yil fan nomzodi, 1965-yil esa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1981-yil SSSR Fanlar akademiyasining toʻliq aʼzosi etib tayinlangan.

Olim karyerasi boshida bordizmlarni oʻrgangan. Pontryagin sinflarining topologik oʻzgarmasligini isbotlagan va Novikov gipotezasi oʻrtagan tashlagan. Ayna shu yoʻnalishdagi ishlari uchun Fields medali bilan taqdirlangan. Olim mukofotni olish uchun Nicega sayohat qilishiga ruxsat berilmagan. Natijada medalni 1970-yil Xalqaro matematika jamiyati yigʻinda olgan.