Kontent qismiga oʻtish

Andrey Kolmogorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Nikolayevich Kolmogorov
Tavalludi 25-aprel 1903-yil
Tambov, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 20-oktyabr 1987-yil(1987-10-20)
(84 yoshda)
Moskva, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi
Sohasi Matematika
Ish joylari Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari Nikolay Luzin
Mashhur shogirdlari Vladimir Alekseyev
Vladimir Arnold
Sergei Artyomov
Grigoriy Barenblatt
Roland Dobrushin
Yevgeniy Dinkin
Israil Gelfand
Boris Gnedenko
Leonid Levin
Per Martin-Löf
Andrey Monin
Sergey Nikolskiy
Alexander Obuxov
Yuriy Proxorov
Yakov Sinay
Albert Shiryayev
Anatoliy Vitushkin
Vladimir Uspenskiy
Akiva Yaglom
Mashhur ishlari Ehtimollik nazariyasi
Topologiya
Intuitsion logika
Turbulentlik
Klassik mexanika
Mathematik analiz
Kolmogorov murakkabligi
Kolmogorov–Arnold–Moser teoremasi
Kolmogorov–Petrovskiy–Piskounov tenglamasi
Mukofotlari Stalin mukofoti (1941)
Balzan mukofoti (1962)
Qirollik jamiyatining xodimi (1964)
Lenin mukofoti (1965)
Wolf mukofoti (1980)
Lobachevskiy mukofoti (1986)

Andrey Kolmogorov (25-aprel 1903-yil — 20-oktyabr 1987-yil) — sovet matematigi. Matematikaning koʻplab sohasida ish olib borgan. 1980-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Kolmogorov fizika-matematika fanlari doktori boʻlgan. 1931-yildan Moskva davlat universiteti professori. 1939-yil SSSR Fanlar akademiyasi akademigi etib tayinlangan. 1964–1966- va 1974–1985-yillarda Moskva matematika jamiyati prezidenti boʻlgan. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1963). Lenin va Stalin mukofotlari laureati.

Kolmogorov oʻzgaruvchan funksiyalar nazariyasiga, topologiya (yuqori gomologiyalar nazariyasi), ehtimollar nazariyasi va klassik mexanika (turbulentlik nazariyasi), funksional analiz, oʻlchovlar nazariyasi, toʻplamlar nazariyasi, integrallar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi, funksiyalarning yaqinlashish nazariyasi, kibernetika va boshqa sohalar rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Olim ehtimollar nazariyasini aksiomatik asoslash sistemasini qurgan, Markovning tasodifiy jarayoni va statsionar tasodifiy jarayonlar nazariyasini rivojlantirgan.